Belgiyaning Gent shahri markazida noma’lum ayol pichoq bilan odamlarga tashlanib qoldi. Bu haqda G‘arbiy Flandriya politsiyasiga tayanib, Het Laatste Nieuws xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, ayol bir kishining qorniga va yana bir fuqaroning qo‘liga jarohat yetkazgan. Politsiya patruli hujum uyushtirayotgan ayolni qo‘lga olish vaqtida uning qo‘lini shikastlagan. Qo‘lga olingan ayolning ahvoli hozirda noma’lum.
Dekabr oyida Parijda noma’lum erkak pichoq bilan politsiyachilarga tashlangan edi. 25 santimetr uzunlikdagi pichoqni ko‘tarib olib, “Men sizlarni o‘ldiraman!” deya baqirib yurgan erkak politsiya tomonidan voqea joyida otib o‘ldirilgandi.
Eslatib o‘tamiz, kuni kecha London janubida pichoq bilan qurollangan erkak o‘tkinchilarga hujum qilgani haqida xabar berilgandi. U ham hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar tomonidan otib tashlangan.
Izoh (0)