London janubida pichoq bilan qurollangan erkak o‘tkinchilarga hujum qildi. Bu haqda Britaniya poytaxti politsiyasi ma’lum qildi, deya xabar beradi Meduza.
Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ikki kishi yaralangan. Ularga tibbiy yordam ko‘rsatilgan.
Hujum uyushtirgan shaxs hodisa joyiga yetib kelgan politsiyachilar tomonidan otib o‘ldirilgan. Guvohlar uchta o‘q tovushini eshitganini aytmoqda.
Mazkur hujum sabablari ochiqlanmagan. Politsiya hodisani terrorchilik bilan bog‘lamoqda.