Shavkat Mirziyoyev 31-yanvar kuni Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasiga tashrif buyurib, olimlar, yosh tadqiqotchilar, ishlab chiqarish vakillari va ilmiy-tadqiqot muassasalari rahbarlari bilan uchrashdi.
Prezident matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuvda matematika, kimyo-biologiya va geologiya ilmini rivojlantirish, kelgusi yillardagi taraqqiyot yo‘nalishlarini belgilash to‘g‘risida ochiq muloqot bo‘lmoqda.
Unda davlat rahbari ilm-fan vakillarini moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash bundan keyin ham izchil davom ettirilishini ta’kidladi.
“Endi olimlarimiz ham mas’uliyatni chuqur his qilgan holda, tadqiqotlarning amaliy natijalari bilan tegishli sohalar rivojiga munosib hissa qo‘shishlari lozim. Nufuzli akademiklardan ham, ilm-fan sohasiga ilk qadam qo‘yayotgan yosh olimlardan ham katta shijoat va amaliy natijadorlik qilish talab etiladi”, — dedi Prezident.
Izoh (0)