O‘zbekistonliklar Janubiy Koreya va O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirliklari o‘rtasida bandlikka ruxsat berish tizimi asosida O‘zbekiston fuqarolarini Koreyada ishga joylashtirish bo‘yicha hamkorlik memorandumi doirasida Koreyaga ishga borishlari mumkin.
Vazirlik xabarida qayd etilishicha, fuqarolar Koreyaga ishga ketishi uchun O‘zbekiston Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi huzuridagi Tashqi mehnat migratsiyasi agentligiga murojaat etishi lozim.
Fuqarolarga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
- Nomzodning yoshi 18 yoshdan 39 yoshgacha bo‘lishi;
- Koreys tilini bilishi;
- Sudlanmagan va O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqishga ruxsat (xorijga chiqish pasporti) mavjud bo‘lishi;
- Koreya Respublikasi hududida bo‘lish va boshqa qonunlarini buzmagan bo‘lishi;
- Sog‘lom bo‘lish (rang ajrata olmaslik kasalligi — daltonizm bo‘lmasligi);
- Koreya Respublikasida 5 yildan ortiq muddat davomida ishlamagan bo‘lishi lozim.
Izoh (0)