Telegram messenjeri asoschisi Pavel Durov Amazon rahbari Jeff Bezos ishlatadigan iPhone Facebook’dagilar aytganidek, iOS’dagi muammolar tufayli emas, balki WhatsApp’dagi zaiflik sabab kiberhujumga uchraganini qayd etdi. Durov bu haqda Telegraph platformasidagi “WhatsApp’dan foydalanish nima uchun xavfli?” deb nomlangan postida ma’lum qilgan.

Pavel Durov
Foto: Reuters

Telegram asoschisi xakerlarga Bezosning telefoniga yashirincha kirish imkonini bergan zaiflik nafaqat iOS, balki Android va Windows Phone bazalarida mavjudligini yozgan. Uning qayd etishicha, iOS’da ishlaydigan boshqa messenjerlarda bunday muammo mavjud emas.

Amazon rahbari, milliarder Jeff Bezos
Foto: Reuters

Durov WhatsApp foydalanadigan yelvizak shifrlash texnologiyasini ham tanqid qilgan. Uning fikricha, ushbu texnologiya maxfiylikni to‘liq ta’minlay olmaydi. Durov turli xorij mamlakatlarining rahbarlari messenjerlar ishlab chiquvchilarni o‘z ilovalarida zaifliklar qoldirishga majburlashi haqida ma’lumotga ega ekanini ta’kidlagan. Shu sababli ham Telegram ayrim davlatlarda taqiqlangan, WhatsApp hukumat bilan muammoga bormagani uchun ham u yerlarda ishlayveradi, masalan, Rossiya va Eronda deya yozgan Durov.

Telegram rahbari WhatsApp’ning zaifliklari kutilmaganda keladigan tahdidlarga yo‘l ochishini bildirdi. Uning maqolasida o‘tgan yili 12 ta shunday zaiflik qayd qilingan va ularning 7 tasi o‘ta xavfli deb topilgan.