Amazon asoschisi Jeff Bezos 15 daqiqada daromadini 13,2 milliard dollarga ko‘paytirdi, deb yozadi “RBK”.

Foto: “RBK”

30-yanvar kuni Amazon aksiyalarining narxi 12 foizga ko‘tarilib ketdi. Ushbu ko‘tarilish Amazon’ning muvaffaqiyatli choraklik hisoboti tufayli kuzatildi.

Qayd etilishicha, kompaniya tahlilchilar prognozlarini chippakka chiqardi. Xususan, Amazon 87,4 milliard dollar, aksiyalardan esa 6,47 dollar (ekspertlar 4,11 dollar foydani prognoz qilgandi) foyda haqida hisobot berdi.