Ispaniyalik ijodkor Salvador Dali tomonidan yaratilgan asarlarga bag‘ishlab Stokgolmdagi Couleur galereyasida bo‘lib o‘tayotgan ko‘rgazmadan 10—12 dona bronza haykalchalar va o‘ymakorlik san’at asarlari o‘g‘irlab ketildi. Bu haqda galereya egasi Peder Enstryomga tayanib, Aftonbladet nashri xabar berdi.
Jinoyatchilar galereyaga 30-yanvarga o‘tar kechasi o‘g‘irlikka tushgan. Qo‘riqchilar esa o‘g‘irlik haqida soat 04:00 larga yaqin xabar topgan. Politsiya galereya oldidan Audi avtomobilida qochib ketgan ikki kishini qidirmoqda. Gumonlanuvchilar hozircha qo‘lga olingani yo‘q.
O‘g‘irlab ketilgan har bir san’at asari 200—500 ming shved kronasi (19—47 ming yevro) atrofida turadi, umumiy qiymati esa qariyb 380 ming yevroga teng.
Izoh (0)