“Liverpul” futbol bo‘yicha Angliya Premyer-Ligasining qoldirilgan bahsida “Vest-Hem”ni mag‘lub etdi (2:0).
“Qizillar” Angliya chempionatining joriy mavsumida har bir raqibni kamida bir martadan yengishga muvaffaq bo‘ldi. Bunday ko‘rsatkich “Liverpul” tarixida ilk bor kuzatildi.
Unga qadar bu natijaga “Chelsi” (2005/06-yilgi mavsumda), “Manchester Yunayted” (2010/11 va 2017/18) hamda “Manchester Siti” (2017/18 va 2018/19) kabi jamoalar erishgan.
“Liverpul” ushbu mavsumda Premyer-Ligadagi 24 uchrashuvning 23 tasida g‘alaba qozondi. Mersisayd klubi faqat “Manchester Yunayted”ga qarshi kechgan safar o‘yinida durang (1:1) qayd etgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)