Ispaniyalik hujumchi Pako Alkaser Dortmundning “Borussiya”sidan ketadigan bo‘ldi, deb yozadi AS.
Pako faoliyatini “Vilyarreal” klubida davom ettiradi. “Borussiya” 26 yoshli hujumchi transferidan 23 million yevro ishlab oladi.
Pako “Vilyarreal”da “Lion”ga o‘tib ketgan Karl Toko-Ekambi o‘rnini egallaydi.
Alkaser joriy mavsum Bundesliga doirasida 11 ta o‘yinda harakat qilib, 5 ta gol urdi. Ammo sentabrdan buyon atigi bir marta asosiy tarkibda maydonga tushgan.
Pako “Borussiya”ga qadar “Valensiya”, “Xetafe” hamda “Barselona” klublarida to‘p tepgan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)