“Real” 29-yanvar, chorshanba kuni Ispaniya Kubogi 1/8 finali doirasida “Saragosa”ni safarda 4:0 hisobida taslim qildi.
“Real” safida 31 yoshli himoyachi Marselo “Saragosa”ga qarshi asosiy tarkibda maydonga tushdi. Bu himoyachi uchun “Real” safidagi 500-o‘yin bo‘ldi.
Shu tariqa Marselo madridliklar safida 500 ta o‘yin o‘tkazgan ikkinchi legioner futbolchiga aylandi. Avvalroq bunday natijani uning vatandoshi Roberto Karlos qayd etgandi. Karlos “Real” safida 527 ta o‘yin o‘tkazgan.
Qayd etish joiz, ikkala futbolchi ham bir xil pozitsiya — chap qanot himoyasida harakat qiladi.
Ma’lumot uchun, Marselo “Real” safida 2007-yildan beri harakat qilib keladi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)