• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +40°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    O‘zbekistonda 2020-yildan shakar realizatsiyasining yangi mexanizmi joriy etildi. Endi shakar narxi davlat tomonidan nazorat qilinmaydimi?

    O‘zbekiston monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi “Darakchi” gazetasida chop etilgan “Shakarni g‘amlang! Narxi oshishi mumkinmi?” sarlavhali maqolaga munosabat bildirdi.

    Foto: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Foto: Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi matbuot xizmati

    Qo‘mita munosabatida yozilishicha, maqola boshlanishida asosiy urg‘u — shakar mahsuloti davlat nazoratidan chiqarilganligiga, endi shakar muhim xalq iste’moli tovarlari ro‘yxatidan o‘chirilganligiga qaratilgan, bu esa endi shakar bahosini bozorning o‘zi belgilashini anglatishi ta’kidlangan.

    Shakar narxining oshishiga bozor iqtisodiyoti sharoiti va shakar mahsulotining savdosiga taalluqli bo‘lgan qonunchiliklarga kiritilgan oxirgi o‘zgartirishlar albatta o‘z ta’sirini ko‘rsatishi mumkin. Lekin, maqola muallifi tomonidan ko‘rsatib o‘tilgan fikrlar aslida unday emas.

    Oldingi holat qanday edi? Respublikamizdagi mavjud ikkita ishlab chiqaruvchi korxonalar tomonidan shakar mahsuloti asosan dilerlar orqali to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida sotilgan. Mahsulotning atigi 10 foizi birja orqali yetkazib berilar edi. Bundan tashqari, 2014-yilgacha shakarni import qilishda bitta korxonaga preferensiya berilgan edi, ya’ni korxona barcha turdagi bojxona to‘lovlaridan ozod qilingan, shuning uchun shakarning importi bilan faqat ushbu korxona shug‘ullangan.

    2018-yilgacha shakarning narxi davlat tomonidan belgilanar edi, lekin shakar faqat korxonalarning soni cheklangan dilerlari orqali sotilishini inobatga olib, iste’molchilarga ushbu mahsulot tegishli ustamalar qo‘llangan holda erkin narxlarda sotilar edi. Shuni ta’kidlash joizki, shakar ishlab chiqaruvchilarning dilerlari hisoblanmagan ulgurji iste’molchilarga mahsulot davlat tomonidan belgilangan narxlarda sotilmas edi.

    Shakar bozorida shakllangan ushbu holatning salbiy tomonlari ko‘p edi. Masalan, shakarni davlat narxida xarid qilishga ‘eksklyuziv huquqi mavjud bo‘lgan dilerlar’ tomonidan xohlagan narxda iste’molchilarga qayta sotish imkoniyatining mavjudligi shular jumlasidandir.

    Bu imkoniyatdan asosan mavsum paytida (shakar mahsulotiga talab yuqori bo‘lgan davrda) foydalanish holatlari uchrab turgan, ya’ni dilerlar tomonidan shakarning sun’iy ravishda tanqisligi yuzaga keltirilib, yakuniy iste’molchilarga erkin sotib olish imkoniyati cheklangan holda shakarning narxi oshirib sotib kelingan. Masalan, shu kabi holat 2014-yilning mavsum davrida (aprel-iyul oylarida) kuzatilgan, ya’ni davlat tomonidan belgilangan narx 2300 so‘m bo‘lgan bir paytda narx savdo do‘konlarida 6000 so‘mgacha (2,6 baravar) ko‘tarilib ketgan.

    2017-yilda “Xorazm shakar” va “Angren shakar” AJlar faoliyati to‘xtatildi.

    Shu bilan birga, 2017-yil sentabr oyidan boshlab shakar va shakar xomashyosini importdan olib kirishda tadbirkorlar barcha bojxona to‘lovlaridan ozod etildi, 2018-yildan boshlab davlat tomonidan shakarga narxlarni belgilash talabi bekor qilindi. Bu o‘z navbatida bozor shakar mahsulotiga to‘yinishiga va kuchli raqobat sharoitida shakarning narxi barqarorlashishiga olib keldi.

    2019-yilda “Xorazm shakar” va “Angren shakar” AJlar faoliyati tiklandi. Bunda tayyor shakar va shakar xomashyosining importi barcha bojxona to‘lovlaridan ozod etilganligini inobatga olib, ishlab chiqaruvchi korxonalar va importyorlar o‘rtasida sog‘lom raqobat vujudga kelib, narxlar bir maromda shakllandi (4900—5200 so‘m).

    2020-yil 1-yanvardan boshlab tayyor shakar mahsuloti importiga bojxona to‘lovlari (aksiz solig‘i 20 foiz va bojxona boji 20 foiz) joriy qilindi. Ta’kidlash joiz bo‘lgan tomoni — bu kiritilgan talablar shakar xomashyosiga nisbatan tatbiq etilmadi, ya’ni “Xorazm shakar” va “Angren shakar” AJlar shakar xomashyosini import qilishda ushbu to‘lovlarni to‘lamaydi.

    Bu holatda “Xorazm shakar” va “Angren shakar” AJlarga berilgan preferensiya hisobiga boshqa korxonalar importdan keltirilgan shakarning narxi jihatidan ishlab chiqaruvchilar bilan raqobatlasha olmasligi aniq.

    O‘z navbatida, ishlab chiqaruvchi sifatida monopol mavqeini saqlab turgan “Xorazm shakar” va “Angren shakar” AJlar ustuvor imkoniyatlardan foydalanib, ushbu mavqeni suiiste’mol qilishi ehtimoli yo‘q emas. Qolaversa, 2019-yilda ushbu korxonalar shakar mahsulotining taxminan 10 foizini birja orqali, qolgan 90 foizini dilerlar orqali sotib kelgan. Bu o‘z navbatida, dilerlarga yuqorida keltirib o‘tilgan “imkoniyatlarni” erkinlashtiradi.

    Shu o‘rinda savol tug‘iladi — mahsulotning aksariyat hajmi birja orqali sotilishi nimani beradi? Javob shundaki, birinchidan, faqat “cheklangan dilerlar”ga sotilishi va faqat ular orqali qimmatroq narxdan qayta sotilishining (spekulyatsiya) oldi olinadi, ikkinchidan, birja savdolari orqali barcha turdagi iste’molchilar, shu jumladan, dilerlar ham hech qanday cheklovlarsiz mahsulotni to‘g‘ridan to‘g‘ri sotib olish imkoniyati yaratiladi.

    Shuning uchun, Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 8-oktabrdagi PQ-4484-sonli qaroriga muvofiq, mahalliy korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan shakar hajmining 90 foizi ichki bozorda faqat birja savdolari orqali bozor tamoyillari asosida barcha toifadagi xaridorlarga birja savdolarida qatnashish imkoniyati teng ta’minlangan holda realizatsiya qilinishi belgilab qo‘yildi.

    Ushbu mexanizmning joriy qilinishi shakar narxining davlat tomonidan nazorat qilinishi to‘xtatildi degani emas. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 14-noyabrdagi PQ-3386-sonli qaroriga muvofiq, shakar mahsuloti hanuzgacha ijtimoiy ahamiyatga ega va strategik mahsulot hisoblanadi.

    Bu o‘rinda Monopoliyaga qarshi organ Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 30-martdagi 249-sonli qarori talablari asosida, shakar mahsuloti narxining (shu jumladan, birjadagi boshlang‘ich narxini) monopol yuqori darajada belgilanmasligi yuzasidan, shuningdek, birja savdolarida shakar hajmining bir me’yorda qo‘yilishi ustidan davlat nazoratini amalga oshiradi.

    Xulosa qilib aytganda, haqiqatan ham, shakar narxining oshishi ehtimoli mavjudligi o‘rinli, lekin bunga sabab shakarning ochiq birja savdolari orqali erkin sotilishi emas, balki 2020-yil 1-yanvardan boshlab tayyor shakar mahsuloti importiga bojxona to‘lovlari joriy qilinganligidir.

    Monopoliyaga qarshi kurashish qo‘mitasi

    Qayd etilishicha, bojxona to‘lovlar joriy qilinishi haqidagi qarordan so‘ng tadbirkorlar va iste’molchilar tomonidan shakar mahsulotini oldindan g‘amlab qo‘yganligi sababli bozorlardagi narx ham o‘zgarmasdan barqaror saqlanmoqda.

    Shuningdek, kunlik birja savdolariga qo‘yilayotgan o‘rtacha 1900 tonna mahsulotdan 15-20 foizi sotilayotganligi buning yaqqol dalilidir. Jamg‘arilgan shakar miqdori tugashi bilan tadbirkorlik subyektlari ham yangi kiritilgan bojxona to‘lovlari bilan import qilishiga to‘g‘ri keladi va narxlar mutanosib ravishda oshish ehtimoli katta, shuningdek, birja savdolariga qo‘yilgan shakar hajmlari sotilishi ham orta boshlaydi, deyiladi xabarda.

    Yana bir ahamiyatli jihati, respublikada faoliyat yuritib kelayotgan ushbu ikkita shakar ishlab chiqaruvchi korxona tomonidan birlamchi xomashyo chuqur qayta ishlanmaydi, balki chet eldan yarim tayyor xomashyoni import qilinib, shakar ishlab chiqariladi.

    “2018-yilda import qilingan 1 tonna shakar xomashyosi o‘rtacha narxi 389 AQSh dollarini tashkil qilgan bo‘lsa, tayyor shakar mahsuloti esa 425 AQSh dollarini tashkil qilgan, ya’ni o‘rtacha farq 36 AQSh dollaridir. Shuningdek, 2019-yilda shakar xomashyosi o‘rtacha narxi 418 dollarni va tayyor shakar 435 dollarni tashkil qilib, o‘rtacha farq 17 dollarni tashkil etgan.

    Ko‘rinib turibdiki, valyutani iqtisod qilish nuqtayi nazaridan ham katta samara mavjud emas, balki ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan shakarning import narxi oshadi va o‘z navbatida, import hajmi qisqaradi, bu esa ‘Xorazm shakar’ va ‘Angren shakar’ AJlarning monopol mavqei kuchayishiga olib keladi.

    Yuqoridagilarni hamda shakar mahsuloti ijtimoiy ahamiyatli tovarlar turiga kirishi va aholining kunlik ehtiyoji uchun zarur mahsulot hisoblanishini inobatga olib, tayyor shakar uchun joriy etilgan import bojxona boji va aksiz solig‘ini bekor qilish masalasini tashqi savdoni tarif va notarif tartibga solish bo‘yicha Respublika Kengashining yig‘ilishida ko‘rib chiqish taklifi Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligiga kiritildi”, — deyiladi xabarda.

    Qo‘mita xabarida shakarning MDH mamlakatlaridagi 2020-yil 1-yanvar holatiga o‘rtacha chakana narxlari ham keltiriladi:

    • O‘zbekiston — 5800 so‘m
    • Qozog‘iston — 4720 so‘m
    • Qirg‘iziston — 5670 so‘m
    • Tojikiston — 6100 so‘m
    • Rossiya — 4850 so‘m
    • Belarus — 4900 so‘m.

    28.01.2020, 23:21   Izoh (0)   26886
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Termizda Cobalt’ini jarimadan chiqarish uchun 500 ming so‘m pora bergan haydovchi endi besh yilga qamalishi mumkin

    28.01.2020, 23:01

    O‘zbekistonda xorijiy kinokompaniyalar tomonidan bir yilda 1,6 mln dollarlik oltita film olindi

    28.01.2020, 22:52

    Shavkat Mirziyoyev Avtomobil yo‘llarini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqishni buyurdi

    28.01.2020, 22:31

    O‘rta Chirchiqdagi korxona rahbari qolipli non ishlab chiqarish uchun imtiyozli narxlarda xarid qilingan unni sotib yuborgani aniqlandi

    28.01.2020, 22:20

    Shavkat Mirziyoyev “ochiq osmon” rejimi joriy etilgan aeroportlarga shu vaqtgacha birorta aviakompaniya jalb etilmaganini tanqid qildi

    28.01.2020, 22:10

    O‘zbek paxtasini boykot qilgan Cotton Campaign O‘zbekistonga tashrif buyuradi

    28.01.2020, 22:05
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda yo‘lovchiga shilqimlik qilgan Damas haydovchisi 3 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 16:30

    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi

    Reklama | 15 iyul, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 16:21

    IBF reyting yangilandi. Bahodir Jalolov nechanchi o‘rinda?

    Sport | 15 iyul, 16:15

    Germaniya Rossiyagacha yetib boradigan Typhon raketa tizimini sotib oladi

    Dunyo | 15 iyul, 16:05

    Indoneziyada 11 nafar odam dengizda 6 soat suzib tirik qoldi

    Dunyo | 15 iyul, 15:45

    Nega Amerikada o‘quvchilarning partadoshi yo‘q? AQSH va O‘zbekistondagi maktablarning o‘ziga xosligi

    Ilm-fan | 15 iyul, 15:37

    Harakatlanayotgan avtomashina ustida raqsga tushganlarga chora ko‘rildi (video)

    O‘zbekiston | 15 iyul, 15:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.