Andijonda 8 oylik farzandini 5 ming dollarga sotmoqchi bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deb xabar bermoqda Bosh prokuratura matbuot xizmati.
Departamentning Andijon viloyat boshqarmasi hamda DXX xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirida 19 yoshli oilali ayol J.A. 2019-yilda tug‘ilgan qiz farzandini fuqaro M.ga 5 ming dollarga sotib, tug‘ilganlik haqidagi guvohnomasini bergan vaqtida ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan J.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.
Izoh (0)