Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Andijon shahar bo‘limi DXX viloyat boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbirida fuqaro K.N. 9 dona 50 ming so‘mlik qalbaki kupyurani 225 ming so‘mga sotgan vaqtida ashyoviy dalil bilan ushlangan. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmatiga tayanib, “Xabar.uz” ma’lum qildi.
O‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda K.N. qalbaki pullarni jinoiy sheriklari bilan oldindan til biriktirib, Xo‘jaobod tumani, Amir Temur ko‘chasida joylashgan xonadonda rangli printer yordamida tayyorlagani aniqlangan.
Qalbaki pullarni ishlab chiqarishda foydalanilgan jihozlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Ayni paytda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov ishlari olib borilmoqda.
Izoh (0)