Futbol bo‘yicha Angliya Premyer ligasining 23-turi doirasida 19-yanvar, yakshanba kuni 2 ta bellashuv yakunlandi.
Yurgen Klopp qo‘l ostidagi “Liverpul” “Enfild”da Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted”ni qabul qildi.
O‘yinning 14-daqiqasida “qizillar” himoyachisi Virjil van Deyk hisobni ochgan bo‘lsa, 90+3-daqiqada misrlik Muhammad Saloh mersisaydliklarning g‘alabasini mustahkamladi.
Shu tariqa bahs 2:0 hisobida “Liverpul”ning “mankunianlar” ustidagi g‘alabasi bilan yakunlandi.
Mazkur g‘alabadan so‘ng musobaqa jadvalida yaqqol peshqadamlik qilayotgan “Liverpul”ning ochkosi 64 taga yetdi. “Yunayted” esa 34 ochko bilan 5-o‘rinda bormoqda.
APL
23-tur bahslari
19-yanvar, yakshanba
“Byornli”—“Lester” 2:1
Gollar: 0:1 — 33 Barns, 1:1 — 56 Vud, 2:1 — 79 Vestvud“Liverpul”—“Manchester Yunayted” 2:0
Gollar: 1:0 — 14 van Deyk, 2:0 — 90+3 SalohYanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)