Qashqadaryoda Mahalla jamoat fondi mansabdori YPX xodimining qonuniy talabini bajarishdan bosh tortib, voqea joyidan qochib ketdi. Bu haqda “Daryo”ga viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Kasbi tumani Mahalla jamoat fondi rahbari o‘rinbosari Y.R. 7-yanvar, seshanba kuni Damas avtomobilini Qarshi shahridagi chorrahalarning birida boshqarib kelib, to‘xtashni taqiqlovchi yo‘l belgisi ta’sirida to‘xtatib, yo‘lovchi oladi. Hududda xizmat vazifasini bajarayotgan YPX xodimi esa mazkur qoidabuzarlik uchun haydovchini to‘xtatadi. Mansabdor shaxs esa xodimning qonuniy talabini bajarmaydi. Hujjatlarini taqdim etmasdan voqea joyidan qochib ketadi.
Kasbi tuman Ma’muriy sudining 2020-yil 14-yanvardagi qaroriga muvofiq, huquqbuzar mansabdorning aybi isbotlanib, jarimaga tortilgan.
Izoh (0)