AQSh prezidenti Donald Tramp Viskonsin shtatida tarafdorlari oldidagi nutqida AQSh o‘z oldiga Erondagi tuzumni o‘zgartirishni maqsad qilib qo‘ymagani, biroq ushbu mamlakatdagi namoyishlar ortidan sinchkovlik bilan kuzatayotganini aytdi, deb xabar berdi “Kommersant”.
“Shu onlarda eronliklar avval kuzatilmagan ko‘p sonda ko‘chalarga chiqdi. Ular tuzum qatag‘onlariga qarshi norozilik bildirishmoqda va yaxshiroq kelajakni talab qilishmoqda, buyuk insonlar. Xalq Eron o‘lim, zo‘ravonlik va urush urug‘ini sochish uchun uni talayotganini ko‘rishdan charchagan”, — deydi Tramp.
“Men Eron hukumatini zo‘ravonlikka yo‘l qo‘ymaslik yoki biror namoyishchini o‘ldirmaslikdan ogohlantiraman, butun dunyo sizni kuzatmoqda. Biz Eron xalqini ozodlik uchun kurashida qo‘llab-quvvatlaymiz. Aqlbovar qilmas hodisa yuz bermoqda”, — deb qo‘shimcha qilgan AQSh prezidenti. Uning ta’kidlashicha, minglab namoyishchilar Eron hukumatining jabr-zulmi qurboniga aylangan.
2019-yil noyabrda Eronda benzin narxi oshishiga qarshi ommaviy noroziliklar bo‘lib o‘tgandi. Oxirgi kunlarda Eronda 8-yanvarda Ukrainaning yo‘lovchi samolyoti eronlik harbiylar tomonidan yanglish tarzda urib tushirilgani bilan bog‘liq norozilik namoyishlari o‘tmoqda.
Izoh (0)