• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12413.79
    • RUB154.86
    • EUR14468.27
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Tadbirkor Qarshi tuman hokimining mas’uliyatsizligi sabab “sinish” arafasida ekanligini aytmoqda

    Qashqadaryolik tadbirkor Feruz Qiyomov Qarshi tuman hokimi G‘ayrat Begaliyevning mas’uliyatsizligi sabab “sinish” arafasida ekanligini aytmoqda. Prezident Shavkat Mirziyoyev “Bitta tadbirkor o‘z faoliyatini to‘xtatsa ham bunga “favqulodda holat” sifatida qaralishi kerak”, deb turgan paytda tumanda tadbirkor muammosiga e’tiborsizlikni qanday baholash mumkin?

    Feruz Qiyomov

    Feruz Qiyomov
    Foto: “Daryo”

    Bu haqda “Daryo”ga shikoyat qilgan tadbirkor Feruz Qiyomov hokim va’dasiga ishonib, aldanib qolganini aytib, kutubxona qurish uchun sarflagan 672 million so‘m mablag‘ini ololmay, “bankrot”lik yoqasiga kelib qolganidan nolimoqda.

    Axborot-kutubxonaning ta’mirlashdan keyingi holati

    Axborot-kutubxonaning ta’mirlashdan keyingi holati
    Foto: “Daryo”

    — 2019-yil 15-avgust kuni tuman hokimi G‘ayrat Begaliyev topshirig‘iga ko‘ra kutubxona qurishni boshlagandim. To‘g‘ri, ishni hech qanday shartnomasiz boshladim. Ammo hokimga ishongandim. Uni bir so‘zli deb o‘ylagandim. Lekin kutubxona deyarli bitgach, pulimni bermay sarson qilmoqda, — deydi Feruz Qiyomov. – Agar tadbirkorlik, quruvchilik shunday bo‘lsa, voz kechaman bunday ishdan.

    Axborot-kutubxonaning ta’mirlashdan oldingi holati

    Axborot-kutubxonaning ta’mirlashdan oldingi holati
    Foto: Feruz Qiyomov

    Prezidentning 2019-yil 7-iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi aholisiga axborot-kutubxona xizmati ko‘rsatishni yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq hududlarda axborot-resurs markazlari o‘rnida axborot-kutubxonalar tashkil etilgandi. Ma’lum bo‘lishicha, tumanda yangi tashkil etilgan axborot-kutubxona binosi eskiligi sabab uni zamonaviy ko‘rinishga keltirish va qo‘shimcha bino qurish uchun tadbirkordan ko‘mak so‘ralgan. Tadbirkor esa tuman uchun nafim tegsin, deb hokimning bir og‘iz gapini yerda qoldirmay, ishni boshlab yuborgan. Ish 90-95 foizga bitgan.

    Foto: “Daryo”

    — Ish bitgach, hokimni topolmay sarsonman, — deydi tadbirkor. — Qabuliga 15 marotaba bordim, 4 marotaba gaplashishga muvaffaq bo‘ldim. “Beramiz, kutib tur”, deyishdan nariga o‘tmayapti. Men esa bor pulimni tikkanman. Tadbirkorligim davom etishi kerak-ku. Menda ham tirikchilik bor. Qolaversa, qurilish uchun qilgan sarf-xarajatlarimning joyini qoplashim kerak. Boshqa ishga qo‘l urishim kerak.

    Foto: “Daryo”

    Ma’lum bo‘lishicha, tadbirkor bino deyarli bitsa-da, bir so‘m ham to‘lab berilmagani sabab binoni egalariga topshirishga shoshilmayapti. Shu sabab ham axborot-kutubxona xodimlari yengil tipda qurilgan do‘konchadan qo‘nim topishgan.

    Foto: “Daryo”

    — Sovuq va zax xonada o‘tirib ishlashga majbur bo‘lyapmiz, — deydi axborot-kutubxona xodimi Nargiza Primqulova. – Biz uchun qurilayotgan bino deyarli tayyor. Ammo quruvchi bermas ekan. Sababi puli to‘lab berilmagan deyishdi. O‘rtada aziyat chekayotgan biz. Sovuq xonada elektr pech ulab, zo‘rg‘a o‘tiribmiz. Bu yerga kitob o‘qishga kelgan odamni sovuq urib ketishi tayin. Shu sababdan ham kitobxonlarimiz kitoblarni olib ketadi.

    Foto: “Daryo”

    Kuzatuvlarimizga ko‘ra axborot-kutubxona fondidagi 49 ming dona kitob ayni kunda chang bosgan holda qaysidir burchaklardan joy olgan. Kutubxona xodimlari joylashgan xonada xodimlarga zo‘rg‘a joy topilyapti.

    Foto: “Daryo”

    Darvoqe, tadbirkor pulini so‘rab, hatto viloyat hokimi qabulida ham bo‘lgan. Zoir Mirzayev ham hozircha pul yo‘qligini, fevralda qilib berilishini aytgan. Tadbirkor esa fevralga qadar kutadigan bo‘lsa, bankrot bo‘lishi mumkinligidan qo‘rqmoqda.

    13.01.2020, 12:24   Izoh (0)   31420
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Gaz hisoblagichlarni nega tendersiz o‘rnatishmoqchi? Jismoniy shaxsdan offshorgacha

    13.01.2020, 12:17

    Chimyonda ko‘chki xavfi e’lon qilindi

    13.01.2020, 12:10

    Qasddan badanga yengil shikast yetkazganlik uchun jinoiy javobgarlik bekor qilinishi mumkin

    13.01.2020, 11:23

    Adiblar xiyobonida yana 11 shoir-yozuvchiga haykal o‘rnatiladi

    13.01.2020, 10:52

    Foto: Toshkent shahar hokimini tasdiqlash bo‘yicha yig‘ilish

    13.01.2020, 10:40

    Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi haydovchilarni noqulay ob-havo sharoitidan ogohlantirdi

    13.01.2020, 10:36
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Uzbekistan Airways bilan Istanbulga foydali parvoz qiling!


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    HONOR talabalarni qo‘llab-quvvatlovchi aksiyani e’lon qildi 


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Kapitalbank va Korporativ sport assotsiatsiyasi hamkorlik memorandumini imzoladi


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 

     

    Tavsiya etamiz

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58

    Turkiyada oyoq suyaklarini sindirib, bo‘yni o‘stirish operatsiyasi ommalashmoqda (foto)

    21 avgust, 11:52
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    NASA hamkorligida yaratilgan sun’iy intellekt Quyoshdagi chaqnashlarni 2 soat oldin prognoz qila oladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:50

    “AQSH bosimiga qarshi birdammiz”: Xitoy Hindistonni qo‘llab-quvvatladi

    Dunyo | 23 avgust, 22:10

    Superliga. “Nasaf” “Surxon”dan ustun keldi, “OKMK” “Xorazm” darvozasiga 3 ta gol kiritdi

    Sport | 23 avgust, 21:50

    Xitoyda ko‘prik qulashi oqibatida 12 nafar ishchi halok bo‘ldi (video)

    Dunyo | 23 avgust, 21:35

    Rauf Parfi, Muhammad Yusuf va boshqa marhum ijodkorlar ordenlar bilan mukofotlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 21:11

    Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov “Oliy darajali imom Buxoriy” ordeni bilan taqdirlandi

    O‘zbekiston | 23 avgust, 20:46

    Ispaniyadagi plyajlar zaharli va noyob shilliqqurt sabab yopildi

    Dunyo | 23 avgust, 20:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.