Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon va Qirg‘iziston davlat rahbari Sooronboy Jeenbekov telefon orqali suhbat qurib, ikki mamlakat chegara hududlaridagi vaziyatni muhokama qildi. Bu haqda Tojikiston prezidentining matbuot xizmati xabar qilgan.

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon
Foto: “Bulag.kg”

“Suhbat davomida prezidentlar ikki davlat o‘rtasidagi chegara hududlaridagi vaziyatni muhokama qildi. Tojik-qirg‘iz davlatlararo munosabatlarda chegara masalalari mavzusi haqida suhbat qurildi. Uchrashuvlarni faol tashkil etish, chegara hududlarida nizolar kelib chiqishini oldini olish bo‘yicha ishchi guruhlar tashkil qilishga kelishib olindi”, – deyiladi xabarda.

Suhbat yakunida prezidentlar tomonidan ushbu yo‘nalishlar uchun mas’ul bo‘lgan vazirliklar rahbarlariga zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

9-yanvar kuni Tojikiston milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi chegara qo‘shinlari axborot xizmati bayonotida, Qirg‘izistondagi Botken tumani, Oqsoy qishloq fuqarolar yig‘ini Ko‘ktosh qishlog‘idagi aholi vakillarini ov miltig‘i bilan qurollanib Somoniyon qishlog‘i yaqinidan chegaradan o‘tishiga to‘sqinlik qilgan. Tojikiston chegara idorasi Qirg‘iziston fuqarolari “Xo‘ja A’lo” qishlog‘ida yashovchi fuqaroga tegishli Mersedes Benz’ni toshbo‘ron qilgan, qishloq aholisi ushbu harakatga javoban qirg‘izistonlik odamga tegishli mashinani tosh yomg‘iri ostida qoldirgan. Isfara va Botken tumani huquq-tartibot idoralari vakillari voqea joyiga yetib kelib, vaziyatni nazorat ostiga olgan.

Keyinchalik tojik tomoni shu kuni tungi soat 2da Ko‘ktosh qishlog‘i odamlari ov miltig‘idan osmonga o‘q uzgani, keyinchalik soat 4 da qirg‘izlarning Tojikiston fuqarosininga mashinasini o‘qqa tutganini ma’lum qilgan.

Qirg‘iz-tojik chegarasidagi davlat chegara uchastkasi muntazam ravishda fuqarolar o‘rtasida nizolar kelib chiqadigan muammoli hudud. Nizolarning asosiy sababi – uchastkalarning chegaralari belgilab olinmagani va odamlarda qayer qaysi davlat chegara maydoni ekanligi haqida tushunchaning yo‘qligi hisoblanadi.

Eslatib o‘tamiz, 2019-yilning iyun oyida ham tojik-qirg‘iz chegarasida kelishmovchilik yuz berib, qirg‘izistonliklar 45 kilometrli avtoyo‘lni ta’mirlash ishlariga qarshi chiqqandi. Sentabr oyida esa Qirg‘iziston—Tojikiston chegarasida yuz bergan otishmada qirg‘iz harbiy xizmatchisi halok bo‘lgandi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Hozir barcha kuchlarni aholiga gaz yetkazib berishga safarbar qilganmiz” — “Hududgazta’minot” rahbari
Salomatlik
Bayramgacha tezda vazn yo‘qotamiz: parhezshunosdan maslahatlar
Sport
Braziliya yetakchi, Fransiya — 2, Argentina 5-o‘rinda. The Guardian JCH—2022 favoritlari ro‘yxatini e’lon qildi