• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12699.14
    • RUB162.16
    • EUR14847.83
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +39°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Chilonzor tumanida sud saylov komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topdi

    Toshkent shahar Chilonzor tumani ma’muriy sudi O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan tuman kengashi deputatligiga nomzod bo‘lgan Fazliddin Bahromovning arizasiga ko‘ra, tuman saylov komissiyasi qarorini haqiqiy emas deb topdi. Bu haqda “Gazeta.uz” xabar bergan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    6-yanvar kuni Fazliddin Bahromov sudga tuman saylov komissiyasining 2019-yil 22-dekabrda chiqargan 19-sonli qarorni bekor qilishni so‘rab murojaat qilgan. Nomzodning so‘zlariga ko‘ra Lutfiy 4 saylov okrugi bayonnomasi soxtalashtirilgan. U Xalq demokratik partiyasidan nomzod bo‘lgan raqibining ovozlari sun’iy ravishda ko‘paytirilgani va boshqa nomzodlarning imkoniyati pasaytirilganini ta’kidlagan, shuningdek, bir nechta shunday bayonnomaga hamda ularning rangli nusxalariga egaligini bildirgan.

    Bundan tashqari, nomzod Saylov kodeksiga rioya qilmaslik holatlari kuzatilganini qayd etib, suddan 631-uchastkada qayd etilgan natijalarni bekor qilishni so‘ragan. Bahromov uchastka komissiyasi raisi, rais o‘rinbosari va uchastka komissiyasi kotibi Respublika olimpiya zaxiralari kolleji xodimlari ekani, XDPdan ko‘rsatilgan nomzod Abror Mamadaliyev esa ushbu o‘quv muassasasida direktor o‘rinbosari ekani va ularga bevosita rahbarlik qilishi shubhali ekanini ta’kidlagan. Yakunda XDP nomzodining g‘alabasini ta’minlagan asosiy omil ham ushbu shaxslarning shubhali harakatlari bo‘lgan.

    Avval 4-saylov komissiyasi okrugi raisi o‘zi ovozlarni hisoblash jarayonida ishtirok etmaganini bildirib, yakunda tayyor bayonnomaga imzo qo‘yganini tan olgandi.

    Ikkita bayonnomaIkkinchi sud majlisiga Chilonzor tumani saylov komissiyasi raisi Nodira Musyeva 4-saylov okrugining 4 ta 548, 549, 550 hamda 631-saylov uchastkalaridagi bayonnomalarning asil nusxasini olib kelgan.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    Kuzatuvchilarning bayonnoma nusxasi va 4-okrug 548-saylov uchastkasi komissiyasining bayonnomalari bir biridan farq qiladi.

    Bayonnomalar nuxsalari solishtirilganda, kuzatuvchilar ovoz berish yakunlanganidan keyin tuzilgan “protokol”larning saylov komissiyasi tuzgan bayonnomalardan farqli ekani ma’lum bo‘ldi. Bundan tashqari, rangli chiqarilgan original bayonnomalarda va dastlab taqdim etilgan bayonnomalarda a’zolarning izohlari turlicha.

    Sudya haqiqiy bayonnomani aniqlash maqsadida saylov komissiyasi raislarini majlislar zaliga chaqirtirdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    549-saylov uchastkasi raisi Shuhrat Bahodirov bayonnomaning bir marta, ovoz berish jarayonlari yakuniga yetganidan keyin imzolanishi va saylov okrugi komissiyasiga yuborilishini qayd etdi. U nima uchun saylov uchastkasida ikkita bayonnoma rasmiylashtirilgani va ulardagi raqamlar nima sababda turlicha ekaniga izoh bera olmadi. Buni ustiga, uchastka raisi nima sababdan ikkala bayonnomaga ham imzo chekganini tushuntira olmadi, lekin rangli chiqarilgan bayonnomaga imzo qo‘ymaganligini bildirdi.

    Shuhrat Bahodirov ham saylov okrugi komissiyasiga yuborilgan bayonnomani bekor qilish haqidagi dalolatnoma rasmiylashtirilmaganini aytdi. U nomzodlar orasida bunday katta farq kuzatilishi haqiqatga zid ekanini bildirdi.

    Foto: “Gazeta.uz”

    Foto: “Gazeta.uz”

    631-saylov uchastkasi raisi Shoira Abdullayeva saylovlar bo‘lib o‘tgan kuni anglashilmovchilik tufayli mahalla fuqarolarining ma’lum qismi boshqa okrugda ovoz berganini ma’lum qildi. Oqibatda noto‘g‘ri to‘ldirilgan birinchi bayonnomadan keyingi ikkinchi hujjat to‘ldirilgan va unga 300 nafardan ortiq saylovchilarning ovozlari qo‘shilgan. U ma’lumotlarni tekshirmasdan bayonnomaga imzo qo‘yganini tan oldi.

    Sud raisi Abdulla Muhiddinov saylovchilar soni ortganida nomzodlarning ham ovozlari kamaymasligi balki aksincha ko‘payishi lozimligini ta’kidladi.

    Uchastka komissiyasi rahbari XDP partiyasi nomzodi Abror Mamadaliyevning ishonchli vakili sifatida saylovlarda ishtirok etganiga izoh berib, ushbu harakat Saylov kodeksiga zid ekanini bilmaganligini qayd etdi.

    “Nomzod bilan uchrashuvlarga ko‘plab rus ayollar keldi. Nomzod rus tilida gapirishga qiynalishini aytib, mendan ular bilan muloqot qilishda yordam so‘radi. Men nomzod o‘rniga chiqish qildim”, — deydi ayol.

    550-saylov uchastkasi raisi o‘rinbosari Doniyor Is’hoqov Shahar onkologik dispanseridagi saylovlar yopiq tarzda bemorlar o‘rtasida o‘tib, soat 11:30 da ovoz berish yakunlanganini ma’lum qildi. U bitta bayonnoma rasmiylashtirilib, saylov okrugi komissiyasiga yuborilganini bildirdi va sudga turli raqamlar aks etgan ikkita bayonnoma qayerdan kelib qolganini tushuntira olmadi.

    Chilonzor tumani prokurori yordamchisi Shuhrat O‘tkirov bayonnomalarning soxtalashtirilgan bo‘lishi mumkinligini ta’kidlab, sud raisidan keyinchalik jinoiy ish ochish uchun ushbu dalillarni inobatga olishni so‘radi.

    Chorshanbada bo‘lib o‘tgan uchinchi sud majlisida 548-saylov uchastkasi raisi Qahramon Vohidov so‘roq qilindi. U ham nima sababdan ikki xil bayonnoma paydo bo‘lib qolganiga izoh bera olmadi. Lekin kuzatuvchilar tomonidan tuzilgan bayonnoma nusxasining haqiqiyligini tan oldi. Uchastka rahbari rangli bayonnomaga imzo chekmaganini aytib, hujjatning “ustasi-faranglarcha” rasmiylashtirilganini qayd etdi.

    Qahramon Vohidov o‘z saylov uchastkasida hammasi halol va xolis o‘tganini gapirib, ikkita bayonnomaning qanday qilib bir vaqtda rasmiylashtirilganinin yaxshi tushunmaganligini aytdi.

    “Soat 6:00 dan 3:00 gacha ishladim. Kun bo‘yi yugur-yugur, uyma-uy yurdik, odamlarni saylovlarda ishtirok etishga chorladik. Mehnatimiz besamar ketganidan afsusdaman”, — degan Vohidov.

    Eklogik partiya nomzodi Odamboy Yusupov “sodir bo‘lgan adolatsizlik haqida eshitgani, lekin haqiqat uchun kurashishni” istamaganini so‘zladi.

    “Bu menga kerak emas. Eng muhimi – meni bezovta qilmang. Adolat vaqti kelganda qaror topadi. Hozir uni talab qilishdan naf yo‘q”, — degan “yashillar” vakili.

    Tomonlarning da’vosi eshitilganda Fazliddin Bahromov 4-saylov okrugida Saylov kodeksinign 25, 43, 94, 95 va 96-moddasi talablari qo‘pol ravishda buzilganini iddao qildi.

    “Deputatlikka nomzodlar Azizov va Mamadaliyevlar o‘z ko‘rsatmalarida xalq vakili bo‘lib, katta hajmdagi ishni bajarishga tayyor emasliklarini aytganini eshitdik. Men 28 yoshdaman, tadbirkorman va oliy ma’lumotga egaman. Vatanimiz ravnaqiga o‘z hissamni qo‘shmoqchiman, xalqimizga yordam berib, turmush sharoitlarini yaxshilamoqchiman” – degan Bahromov.

    Cuhastkalar raislari nomzodning ushbu so‘zlariga javob qaytarmagan holda, suddan qonuniy qaror chiqarishni so‘radi. Uchastka rahbarlarining ayrimlari saylovlarga qaytadan jalb qilishlarini istamasligini ochiq aytib o‘tdi.

    Prokuror yordamchisi Shuhrat O‘tkirov suddan ishni qaytarish, prokuraturaga holat yuzasidan jinoiy ish ochish uchun yuborishni so‘radi.

    Sud raisi Abdulla Muhiddinov Chilonzor tomani saylov komissiyasining qarorini haqiqiy emas deb topdi, komissiya zimmasiga saylovlarni qaytadan o‘tkazishni yuklab, prokuraturaga ishga huquqiy baho berib, jinoyat alomatlari kuzatilse tegishli tartibda jinoiy javobgarlik masalalarini ko‘rib chiqishga qaror qildi.

    Sudya 631-saylov uchastkasi komissiya raisidan Respublika olimpiya zaxiralari kolleji vakillarini jarayonga jalb qilmaslikni so‘radi.

    09.01.2020, 06:14   Izoh (0)   19444
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Turizm sohasida xalqaro standart matniga aynan o‘xshash yangi standart qabul qilindi

    08.01.2020, 23:44

    Buxoroda 1300 nafardan ziyod mansabdor shaxs javobgarlikka tortildi

    08.01.2020, 23:38

    O‘zbekiston Yaqin Sharqda yuz berayotgan hodisalarga munosabat bildirdi

    08.01.2020, 22:58

    O‘zbekistonda moliyalashtirish manbasi aniq bo‘lmagan obyektlarda qurilishni boshlash taqiqlanadi

    08.01.2020, 22:13

    Forishda “Mardlar qo‘riqlaydi Vatanni!” noan’anaviy vatanparvarlik festivali o‘tkazildi (foto)

    08.01.2020, 20:59

    O‘zbekiston soliq tizimida 1-yanvardan boshlab 120 dan ortiq yangi qoida amaliyotga kiritildi

    08.01.2020, 20:47
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 

     

    Tavsiya etamiz

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07

    Oilasini qashshoqlik va ochlikdan qutqargan jangchi yigit: Arda Gyulerning kurashga to‘la hayot maktubi

    13 iyul, 22:15

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Namanganda yo‘lovchiga shilqimlik qilgan Damas haydovchisi 3 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 16:30

    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi

    Reklama | 15 iyul, 16:30

    O‘zbekistonda dollar kursi yana oshdi

    O‘zbekiston | 15 iyul, 16:21

    IBF reyting yangilandi. Bahodir Jalolov nechanchi o‘rinda?

    Sport | 15 iyul, 16:15

    Germaniya Rossiyagacha yetib boradigan Typhon raketa tizimini sotib oladi

    Dunyo | 15 iyul, 16:05

    Indoneziyada 11 nafar odam dengizda 6 soat suzib tirik qoldi

    Dunyo | 15 iyul, 15:45

    Nega Amerikada o‘quvchilarning partadoshi yo‘q? AQSH va O‘zbekistondagi maktablarning o‘ziga xosligi

    Ilm-fan | 15 iyul, 15:37
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.