Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

NATO Eronni Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi maxsus bo‘linmasi “Al-Quds” rahbari Qosim Sulaymoniyning o‘limidan keyin provakatsiyalarga uchmaslik hamda zo‘ravonlikdan chekkada turishni tavsiya qildi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda o‘tgan favqulodda uchrashuvdan keyingi brifingda ma’lum qilgan, deb yozmoqda “TASS”.

Foto: Twitter

Foto: Twitter

“Eron yangi provakatsiyalar va zo‘ravonlikdan o‘zini tiyib turishi lozim”, — degan Stoltenberg, biroq NATO kotibi alyansning AQShni ham bu kabi fitnalardan tiyishga chaqirgan yoki chaqirmaganligi borasida fikr bildirmagan.

AQSh hamda Eron o‘rtasidagi bu kabi tahdidlar almashinuvi 3-yanvar, juma kuni Eron islom inqilobi muhofizlari korpusining obro‘li “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniyning Amerika Bag‘dod aeroportiga bergan havo zarbasi oqibatida o‘ldirilishi tufayli yanada keskinlashdi. Zarba yuzasidan buyruq shaxsan Tramp tomonidan berilgan. Eronning BMT qoshidagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravanchiy Sulaymoniyning o‘limi urush e’lon qilish bilan barobar ekanligini ta’kidlab, AQShdan ayovsiz ravishda qasos olinishini va’da qilgan.

O‘z navbatida Vashington ushbu harakatlarni xalqaro koalitsiya hamda AQSh elchixonasiga uyushtirilgan hujumlardan himoyalanish uchun amalga oshirganini bildirgan.

AQSh prezidenti Donald Trampning agar Eron Amerikaning baza yoki harbiylariga hujum qilsa eng yangi qurol bilan bunga javob qaytarishi haqida bayonot bergan. Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni Abdulrahim Musaviy ushbu bayonotda aytilgan fikrlarga ishonmasligini qayd etgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda benzin narxlarini sun’iy oshirgan AYOQSHlarga tegishli chora ko‘rilishi ma’lum qilindi
Dunyo
Armanistonda 25 ming inson umriga zomin bo‘lgan zilzila, Yaponiyaning Perl-Harborga hujumi va Janubiy Koreya qamoqxonasida 40 yil o‘tirgan KXDR fuqarosi. Kun xrono...
Sport
JCH—2022 da barcha chorak final juftliklari ma’lum bo‘ldi