Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Tehron AQSh prezidenti Donald Trampning agar Eron Amerikaning baza yoki harbiylariga hujum qilsa, eng yangi qurol bilan bunga javob qaytarishi haqidagi bayonotiga munosabat bildirdi. Bu haqda Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni Abdulrahim Musaviy ma’lum qilgan, deb yozmoqda “RIA Novosti”.

Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni Abdulrahim Musaviy

Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni Abdulrahim Musaviy
Foto: “Profil.ru”

“Kelajakda bu borada nizo kelib chiqsa, lekin shaxsan men bunday bo‘lmaydi, ularning bunga jasorati yetmaydi deb hisoblayman. O‘shanda 5 va 2 raqamlari ortida qanday qasosga shama borligini bilib olamiz,” — deya Trampning Eronning  52 ta obyektiga zarba berish haqidagi gaplariga munosabat bildirgan Musaviy.

Amerika yetakchisining gaplariga Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif ham javob qaytargan. Forslar tashqi ishlar vazirining aytishicha, AQSh prezidenti “qo‘rqoqlarcha uyushtirilgan qotillik” bilan xalqaro huquq qoidalarini qo‘pol ravishda buzgan. Shuningdek, Tramp Eronda qizil chiziqlar deb ataladigan imperativ normalarni ham buzish bilan tahdid qilmoqda. Xususan, Tehron Eronning tarixiy va madaniy obyektlariga beriladigan zarbalar harbiy jinoyatga teng ekanini bildirgan.AQSh hamda Eron o‘rtasidagi bu kabi tahdidlar almashinuvi 3-yanvar, juma kuni Eron islom inqilobi muhofizlari korpusining obro‘li “Al-Quds” maxsus bo‘linmasi generali Qosim Sulaymoniyning Amerika Bag‘dod aeroportiga bergan havo zarbasi oqibatida o‘ldirilishi tufayli yanada keskinlashdi. Zarba yuzasidan buyruq shaxsan Tramp tomonidan berilgan. Eronning BMT qoshidagi doimiy vakili Majid Taxt-Ravanchiy Sulaymoniyning o‘limi urush e’lon qilish bilan barobar ekanligini ta’kidlab, AQShdan ayovsiz ravishda qasos olinishini va’da qilgan.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Huquq faoli Nukus voqealarida gumonlanayotganlar qiynoqqa solinmaganini aytmoqda
Dunyo
“Daryo” kundaligida 30-noyabrda sodir bo‘lgan eng muhim voqealar
Mahalliy
Kontrabanda sigaretalar ko‘proq qaysi viloyatlar chegaralaridan olib o‘tilmoqda? Bojxonachi javob berdi