NATO Eronni Eron islom inqilobi muhofizlari korpusi maxsus bo‘linmasi “Al-Quds” rahbari Qosim Sulaymoniyning o‘limidan keyin provakatsiyalarga uchmaslik hamda zo‘ravonlikdan chekkada turishni tavsiya qildi. Bu haqda Shimoliy Atlantika alyansi bosh kotibi Yens Stoltenberg Bryusselda o‘tgan favqulodda uchrashuvdan keyingi brifingda ma’lum qilgan, deb yozmoqda “TASS”.
“Eron yangi provakatsiyalar va zo‘ravonlikdan o‘zini tiyib turishi lozim”, — degan Stoltenberg, biroq NATO kotibi alyansning AQShni ham bu kabi fitnalardan tiyishga chaqirgan yoki chaqirmaganligi borasida fikr bildirmagan.
Mavzuga doir: AQSh va Eron o‘rtasidagi urush muqarrarmi?
O‘z navbatida Vashington ushbu harakatlarni xalqaro koalitsiya hamda AQSh elchixonasiga uyushtirilgan hujumlardan himoyalanish uchun amalga oshirganini bildirgan.
AQSh prezidenti Donald Trampning agar Eron Amerikaning baza yoki harbiylariga hujum qilsa eng yangi qurol bilan bunga javob qaytarishi haqida bayonot bergan. Eron qurolli kuchlari qo‘mondoni Abdulrahim Musaviy ushbu bayonotda aytilgan fikrlarga ishonmasligini qayd etgan.
Izoh (0)