Andijon viloyati, Bo‘ston tumani IIBga (sobiq Bo‘z tumani) “Do‘stlik” MFYda yashovchi fuqaro J.I. ariza bilan murojaat qilib, shu yilning 5-yanvariga o‘tar kechasi kaptarlari o‘g‘irlab ketilgani haqida ma’lum qildi. Bu haqda viloyat IIB axborot xizmati xabar bermoqda.
Murojaatda noma’lum shaxs tomonidan hovlida bo‘lgan umumiy narxi 1 800 000 so‘mlik 12 dona kaptar o‘g‘irlab ketilganligi bildirilgan. Olib borilgan tezkor choralar natijasida noma’lum shaxs aniqlanib ushlandi.
U Namangan viloyatida yashovchi fuqaro U.I. bo‘lib chiqdi. U.I.dan ashyoviy dalil sifatida 12 dona kabutar olingan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruvni Bo‘ston tumani IIB olib bormoqda.
Izoh (0)