AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning Iroqdagi harbiy bazasiga 27-dekabr kuni uyushtirilgan hujum oqibatida bir necha amerikalik halok bo‘lganidan so‘ng eronlik general Qosim Sulaymoniyni yo‘q qilishni topshirgan. Bu haqda Meduza xabar bermoqda.
Bloomberg manbalariga ko‘ra, Tramp Sulaymoniyning o‘ldirilishini bu paytda Rojdestvo ta’tillari sabab AQShning turli hududlarida bo‘lgan milliy xavfsizlik bo‘yicha bir necha nafar yuqori martabali maslahatchisi bilan rejalashtirgan. Ular himoyalangan aloqa liniyasi orqali muloqotda bo‘lgan.
Tramp maxfiylik nuqtai nazaridan Kongressni rejalari haqida ogohlantirmagan. Shuningdek, bu haqda Milliy xavfsizlik vazirligi va xorijiy davlatlar rahbarlari ham bilmagan.
Izoh (0)