“Flamengo” klubi himoyachisi Filipe Luis “Real”ga o‘tishga yaqin turgan jamoadoshi Reyner haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
“U 17 yoshda bo‘lishiga qaramay maydonda to‘g‘ri qaror chiqara olishi meni hayron qoldiradi. Uzatma amalga oshirish kerak-mi, Reyner bu ishni qiladi. U doim boshini tik ko‘targan holda o‘ynaydi.
Bu haqiqatda yaxshi topilma, “Real”ni tabriklayman. Reyner hali to‘liq tayyor emas, uning yoshida hech kim bunday yuqori sakrashga tayyor bo‘lmaydi. U endi 17 yoshda, ammo unda yuksak salohiyat bor va Reynerni yorqin kelajak kutib turibdi.
Men bir vaqtlar Kaka mana shunday boshini egmagan holda harakat qilganini va raqib jarima maydonida o‘ta xavfli bo‘lganini eslayman. Darvozaga teskari harakatda u Kakadan ham yaxshiroq o‘ynaydi. Biroq ulardan qay biri yaxshiligini vaqt ko‘rsatadi”, — deydi “Atletiko” sobiq futbolchisi.
Avvalroq “Real” 17 yoshli braziliyalik futbolchini sotib olishga yaqin turgani xabar qilingandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)