O‘zbekistonlik yakkarashchi Mahmud Murodov UFC’dagi uchinchi jangini braziliyalik Antonio Karlos Juniorga qarshi o‘tkazadi, deya xabar qilmoqda GoSport.
Mazkur jang 14-mart kuni Braziliyada mezbonlik qiladigan UFC on ESPN+ 28 musobaqasi doirasida o‘tkaziladi. Aslida Antonio Karlosga qarshi Bred Tavares jang qilishi kerak edi, biroq jang bekor qilingan. Tavaresning o‘rnini Mahmud Murodov egallagan.
Ma’lumot uchun, 29 yoshli Antonio Karlos UFCda 11 ta jang o‘tkazib, ularning yettitasida g‘alaba qozongan va o‘rta vazn reytingida 14-pog‘onada bormoqda.
Avvalroq Murodov UFC’dagi debyut jangida italiyalik Alessio di Kirikoni ochkolar hisobida mag‘lub etgan, keyin esa Trevor Smitni nokautga uchratgandi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)