Daniyaning Kopengagen shahrida 28-sentabr, shanba kuni UFC Fight Night 160 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

Mazkur jang kechasida o‘zbekistonlik yakkakurashchi Mahmud Murodov UFC’dagi debyut jangini o‘tkazdi. Ushbu bahsda Murodovga italiyalik Alessio di Kiriko raqiblik qildi.

To‘liq uch raund davom etgan jangda Murodov raqibini 29:28 hisobida taslim qilib, UFC’dagi ilk g‘alabasini qo‘lga kiritdi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!