Fransiyaning mashhur L’Equipe nashri 2019-yil yakuniga ko‘ra eng yaxshi futbolchilardan iborat ramziy terma jamoani e’lon qildi.
Ushbu ramziy terma jamoadan 2019-yilgi Yevropa Chempionlar Ligasi g‘olibi “Liverpul”ning bir yo‘la besh nafar futbolchisi kiritildi.
L’Equipe talqiniga ko‘ra, 2019-yil ramziy terma jamoasi:
Alisson Beker, Trent Aleksander-Arnold (ikkalasi – “Liverpul”), Matteys de Ligt (“Ayaks”/“Yuventus”), Virjil van Deyk, Endryu Robertson (ikkalasi – “Liverpul”), Kevin de Bryuyne (“Manchester Siti”), Frenki de Yong (“Ayaks”/“Barselona”), Lionel Messi (“Barselona”), Krishtianu Ronaldu (“Yuventus”), Robert Levandovski (“Bavariya”), Sadio Mane (“Liverpul”).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)