Transfermarkt portali 2019-yilda eng ko‘p tomoshabin tashrif buyurgan o‘nta futbol uchrashuvini ma’lum qildi.
Birinchi o‘rinni Yevropa Chempionlar Ligasining 2018/19-yilgi mavsumi ilk yarim finalidan o‘rin olgan “Barselona” — “Liverpul” uchrashuvi qo‘lga kiritdi. “Kamp Nou”da bo‘lib o‘tgan mazkur o‘yinga 98 299 tomoshabin tashrif buyurgandi.
Janubiy Afrika Respublikasida o‘tgan “Kayzer Chifs” — “Orlando Payrets” uchrashuvi esa 88 ming muxlis bilan ikkinchi pog‘onadan joy olgan. Kuchli uchlikni “Manchester Siti” va “Uotford” o‘rtasidagi (85 854) Angliya Kubogi finali yakunlab bergan.
- “Barselona” — “Liverpul” (“Kamp Nou”, Barselona, 1-may) — 98 299 tomoshabin
- “Kayzer Chifs” — “Orlando Payrets” (“Sokker Siti”, Yohannesburg, 9-noyabr) — 88 000
- “Manchester Siti” — “Uotford” (“Uembli”, London, 18 may) — 85 854
- “Borussiya Dortmund” ishtirokidagi bir nechta o‘yin (“Signal Iduna Park”, Dortmund) — 81 365
- “Real” — “Barselona” (“Santyago Bernabeu”, Madrid, 27-fevral) — 80 472
- “Persepolis” ishtirokidagi bir nechta o‘yin (“Ozodi”, Tehron) — 80 000
- Fransiya — Albaniya ( “Stad de Frans”, Sen-Deni, 7-sentabr) — 78 000
- “Milan” — “Inter” (“San-Siro”, Milan, 17-mart) — 77 749
- “Bavariya” ishtirokidagi bir nechta o‘yin (“Alyans Arena”, Myunxen) — 75 000
- “Herta” — “Borussiya” D (“Olimpiya stadioni”, Berlin, 16-mart) — 74 667.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)