Xitoyning “Guanchjou Fuli” jamoasi yangi bosh murabbiyga ega bo‘ldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Unga ko‘ra, endi “Fuli”ni niderlandiyalik 44 yoshli mutaxassis Jovanni van Bronkxorst boshqarib boradi. Shartnoma muddati oshkor etilmagan.
“Barselona” sobiq futbolchisi murabbiylik faoliyatini 2010-yil Niderlandiya yoshlar terma jamoasida murabbiy yoramchisi rolida boshlagan. Oradan bir yo‘l o‘tib, “Feyenoord” klubida ham xuddi shunday lavozimda ishlaydi. 2015-yildan esa ushbu klub bosh murabbiyiga aylanadi. 2019-yilda esa “Manchester Siti” murabbiylar shtabida faoliyat olib bordi.
2019-yilgi mavsum “Guanchjou Fuli” jamoasi Xitoy Superligasida 30 ta o‘yinda 32 ochko jamlab, 12-o‘rinni egallagan.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)