“Yuventus” hamda Italiya terma jamoasi sobiq yarim himoyachisi Mauro Kamoranezi Sloveniyada bosh murabbiy sifatida ish boshladi.
Kamoranezi “Tabor” klubi bosh murabbiyiga aylandi. 43 yoshli Mauro klub bilan 2021-yil iyuniga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekkan. Jamoaning avvalgi ustozi Almir Sulaymonovich esa Kamoranezining yordamchisiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Kamoranezining so‘nggi ish joyi Meksikaning “Kafetaleros” klubi bo‘lgandi. U bu klubni 2016—2017-yillarda boshqargan. Bundan tashqari u “Koras de Tepik” hamda “Tigre”da ham faoliyat olib borgan.
“Tabor” ayni damda Sloveniya oliy divizionida 8-o‘rinda bormoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)