• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +24°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Madina Muxtorovaning o‘g‘li atrofidagi shov-shuv: Bola grimda bo‘lganini aytdi, IIB esa “bola kaltaklangan” deyapti

    Ijtimoiy tarmoqlarda 13 yoshli bolaning o‘z akasi va kelinoyisi tomonidan muntazam kaltaklab kelingani aks etgan video tarqaldi.

    Foto: Facebook

    Foto: Facebook

    Ushbu videoda yuz-qo‘llari, oyoqlari kaltak zarbidan momataloq bo‘lib ketgan bola yig‘lamsirab hammayog‘i og‘riyotgani, akasi o‘n kundan beri uni muntazam kaltaklayotgani, hatto “podval”da yashashga majburlayotgani, 2,5 soatga oyog‘idan osib qo‘yishganini aytadi.

    Video ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining qizg‘in muhokamasiga sabab bo‘ldi. Ular o‘z ukasini shafqatsizlarcha kaltaklagan akani qoralamoqda.

    Ayrim befarq bo‘lmagan internet foydalanuvchilari esa bolaning uyiga borib undan xabar oldi. Ana shunday jonkuyar insonlardan biri videoni tomosha qilib, uxlay olmagani, bolaga yordam ko‘rsatish uchun uni 16-shahar tez tibbiy yordam shifoxonasiga izlab borganini ma’lum qildi.

    https://www.facebook.com/m.mismi.sheyhiddinova/videos/535981990339124/

    Ayolning aytishicha, u videoni barcha tegishli tashkilotlarga yuborgan. Hozirda mazkur holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda. U holatga tez reaksiya bildirgan Mirzo Ulug‘bek va Yunusobod tuman IIBga minatdorchilik bildirgan.

    Ayolning videomurojaatida qayd etilishicha, kaltaklangan bolakay 16-shifoxonaning neyrojarrohlik bo‘limi shifokorlari tomonidan tekshiruvdan o‘tkazilgan. Aniqlanishicha, bolaning tanasida bir nechta gematoma, shishlar, qizarish va ko‘karishlar bo‘lgan, bu esa uning uzoq vaqtdan beri muntazam ravishda kaltaklab kelinayotganini anglatadi, deydi ijtimoiy tarmoq foydalanuvchisi.

    “Bolani videoga olgan uning onasi. Onasi mashhur aktrisa ekan. Shifoxonada bolaning yonida uning onasi va onasining dugonasi bor edi.

    Men bu holatni shunday tashlab qo‘ymayman. Yosh bolani bunday shafqatsizlarcha kaltaklashga sizga hech kim huquq bermagan. Men ertagayoq Yunusobod tuman IIBga borib, ushbu ishni olib borayotgan tergovchi bilan uchrashaman, o‘z tashkilotim nomidan ushbu bolaning huquqlarini himoya qilishni so‘rab, albatta ariza yozaman. Bundan tashqari bolalar huquqlari bo‘yicha Ombudsman bilan bog‘lanaman. Chunki bu holatni shunday tashlab qo‘yib bo‘lmaydi, bolalarni bunday tahqirlashga hech kimning haqqi yo‘q.

    Asosiysi, bolaning salomatligidan xavotirlangan edim. Uni tekshirgan shifokor bilan gaplashdim, hozirda bolaning ahvoli qoniqarli, u o‘zini yaxshi his qilmoqda. Bolaga hozir uyga javob berilgan.

    Onasi bilan gaplashganimda o‘zbekchilik nuqtayi nazaridan ‘uyda o‘zimiz hal qilamiz’ dedi”, — deydi Facebook foydalanuvchisi.

    Ijtimoiy tarmoqlarda qayd etilishicha, videodagi kaltaklangan bola taniqli aktrisa Madina Muxtorovaning farzandi. Ushbu video aktrisa tomonidan tasvirga olingan.

    Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilari oyoqqa turib, bolaga yordam berishga oshiqayotgan bir paytda “jabrdiyda” bolaning ikkinchi videomurojaati e’lon qilindi.

    Unda bola o‘zining aktyorlik to‘garagiga qatnashishi, ushbu videoda ham aktyorlik mahoratini ko‘rsatgani, tanasidagi ko‘karishlarni esa onasining bo‘yoqlaridan foydalanib, grim qilgani, aslida ahvoli yaxshiligi, akasi uni hech qachon urmaganini aytadi hamda undan xavotir olayotgan, uyigacha izlab kelayotgan odamlarga minnatdorchilik bildiradi.

    Videodan ta’sirlanib, uni izlab borgan yana bir foydalanuvchi bolaning akasi va o‘zi bilan uchrashdi. Akasi ukasining ahvoli yaxshi ekanligini, uning kaltaklanmaganini aytdi, uka ham o‘z navbatida akasi bilan munosabatlari yaxshiligini tasdiqlab, hech qayeri og‘rimayotganini “ko‘rsatib berdi”.

    https://www.facebook.com/m.mismi.sheyhiddinova/videos/pcb.1305862719616724/535963940340929/?type=3&theater&ifg=1

    https://www.facebook.com/m.mismi.sheyhiddinova/videos/pcb.1305862719616724/535966533674003/?type=3&theater&ifg=1

    Ular bilan suhbatlashgan internet foydalanuvchisi esa ushbu holatga oydinlik kiritishga uringani, biroq kalavaning uchini topa olmaganini aytadi.

    Keyinroq Facebook’da Yunusobod tuman ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasining holat yuzasidan bayonoti e’lon qilindi. Bayonotda shunday deyiladi:

    Mazkur holat yuzasidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv xarakatlari davomida ushbu video tasvirlardagi bola voyaga yetmagan 2006-yilda tug‘ilgan M.O. ekanligi aniqlangan.

    2-yanvar kuni soat 15:23 larda Yunusobod tumani IIO FMB navbatchilik qismiga RShTYOIM qabul bo‘limiga voyaga yetmagan, 2006-yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, O‘zbekiston fuqarosi, millati o‘zbek, ma’lumoti tugallanmagan o‘rta, 7-sinf o‘quvchisi, Yunusobod tumanida yashovchi M.O. RShTYOIM tomonidan 2-yanvar kuni berilgan №62 sonli ma’lumotnomaga ko‘ra “yuz va tana sohasining ko‘plab qontalashlari va lat yeyishlari” tashxisi bilan murojaat qilib, unga ambulator davo tavsiya etilgan.

    Mazkur holat yuzasidan voyaga yetmagan M.O.ning tan jarohati olganligi va Telegram tarmog‘ida tarqalgan xabar bo‘yicha olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida voyaga yetmagan M.O. Yunusobod tumanida onasi bilan yashab kelishi aniqlandi.

    Bolaning onasi, O‘zbekiston milliy akademik drama teatri aktrisasi Madina Muxtorova voyaga yetmagan M.O.ning (ko‘rsatmalariga ko‘ra) tarbiyasi buzilib, ko‘p vaqtini ko‘chada o‘tkazayotganligi va uning xulq-atvoridagi o‘zgarishlar sababli 2-yanvar kuni soat taxminan 12:30 larda o‘rtancha o‘g‘li S.M.dan ukasi bilan gaplashib qo‘yishni so‘ragan.

    Shu sababli S.M. Yunusobod tumanidagi xonadonga kelib, ukasi voyaga yetmagan M.O. bilan onasi Madina Muxtorova ishtirokida suhbatlashgan vaqtida ukasining qo‘pol muomalada bo‘lganligi va gaplariga quloq solmaganligi sababli uni qo‘li bilan yuz va tana qismidan turtib siltalaganligi natijasida voyaga yetmagan M.O.ning tanasi ko‘karib, uning tan jarohati olganligi, shundan so‘ng Madina Muxtorova voyaga yetmagan farzandining tanasida ko‘karishlar borligi sababli uni sog‘lig‘ini tekshirtirish maqsadida shifoxonaga olib borgan.

    So‘ng tibbiy tekshiruvlardan o‘tkazib farzandini ish joyi, ya’ni O‘zbekiston milliy akademik drama teatri binosidagi xonasiga olib borganligi, so‘ng Madina Muxtorova o‘rtancha farzandi S.M.ni unga kam e’tibor berayotganligi va uni qo‘rqitib qo‘yish maqsadida voyaga yetmagan M.O. bilan kelishib, uning tanasini ko‘kargan joylarini tonal bo‘yoqlar bilan bo‘yab, tanadagi ko‘karishlarni bo‘rttirib ko‘rsatganliklari, so‘ng go‘yoki uning akasi muttasil ravishda uni qiynab urib kelayotganligi to‘g‘risida onasiga aytib berganligi, ushbu holatni Madina Muxtorovaning telefon apparati orqali videotasvirga olganliklari, ammo aslida bunday holat bo‘lmaganligini ma’lum qilgan.

    Ushbu videotasvir ijtimoiy tarmoqlarga Madina Muxtorova shu kuni telefon apparatini quvvatlash uchun xonasida qoldirib ketgan vaqtida uning kasbdoshlari tomonidan beruxsat olinib (hozirda kim tomonidan tarqatilganligi aniqlanmoqda), tarqatib yuborilganligi aniqlangan.

    Bundan tashqari voyaga yetmagan M.O. bilan onasi ishtirokida Yunusobod tumani IIO FMB XPB voyaga yetmaganlar bilan ishlash bo‘yicha inspektori va psixologi ishtirokida o‘tkazilgan suhbat vaqtida voyaga yetmagan M.O. tan jarohati ehtiyotsizligi oqibatida va o‘zining aybi bilan olganligi holati bo‘yicha akasi S.M.ga nisbatan da’vo e’tirozi yo‘qligini, ariza yozishdan bosh tortishini, akasi tomonidan unga jismoniy va ruhiy tazyiqlar o‘tkazilmaganligini ma’lum qilgan.

    Hozirda holat yuzasidan tomonlarning ko‘rsatmalarini tekshirish bo‘yicha tergovga qadar tekshiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

    Facebook foydalanuvchilari bolaning ahvoli yaxshi ekanligi haqidagi videomurojaatiga, IIBning rasmiy bayonotiga qaramay bolaning rostdan ham beayov kaltaklanganini aytib, uning akasiga nisbatan qonuniy chora ko‘rishni talab qilmoqda.

    03.01.2020, 13:29   Izoh (0)   210725
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Rasul Kusherbayev: Hokim haqorat qilsa isbotlanmaydi yoki kechirim so‘raladi, fuqaro tanqid qilsa ham qamaladi

    03.01.2020, 12:55

    Toshkent viloyatidagi 6 ta tuman “Oltin halqa” turizm konsepsiyasidan o‘rin oldi

    03.01.2020, 12:39

    Toshkent viloyatida haydovchi YPX xodimiga jahl qilib, o‘z avtomobilini yoqib yubordi (video)

    03.01.2020, 12:10

    Yollanma ishchilarning norasmiy faoliyatini legallashtirishga qaratilgan Prezident qarori qabul qilinadi

    03.01.2020, 11:56

    Moskvada o‘zbekistonlik migrantlar uchun patent narxi oshdi

    03.01.2020, 11:26

    O‘zbekistonda “Google solig‘i” joriy etildi

    03.01.2020, 10:49
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    “Biznesni rivojlantirish banki” BMT Taraqqiyot Dasturi bilan hamkorlik qiladi


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Quyosh faolligi oshdi: 24 soat ichida 15 ta chaqnash kuzatildi

    Dunyo | 2 avgust, 23:50

    “Har qanday xatoga qarshi raketalar bilan javob qaytaramiz” — Hindiston Pokistonga ogohlantirish berdi

    Dunyo | 2 avgust, 23:25

    Superliga. “Dinamo” “Navbahor”ga qarshi bahsda g‘alabani qo‘ldan chiqardi

    Sport | 2 avgust, 23:20

    Davlat byudjetidan nafaqalarga xarajat qisqarib, subsidiyalar ko‘paytiriladi

    O‘zbekiston | 2 avgust, 23:16

    BAA banklari Rossiya kompaniyalarining hisoblarini ommaviy ravishda bloklashga kirishdi

    Dunyo | 2 avgust, 22:55

    Qurollar faqat mustaqil Falastin davlati barpo etilgandagina topshiriladi — HAMAS

    Dunyo | 2 avgust, 22:30

    Superliga. “Bunyodkor” “Neftchi”dan, “Nasaf” “So‘g‘diyona”dan ustun keldi

    Sport | 2 avgust, 22:21

    O‘z joniga qasd qilish, o‘zidan qoniqmaslik va kuchli stress. Ijtimoiy tarmoqlarga bo‘lgan qaramlik nimasi bilan xavfli (foto, video)

    O‘zbekiston | 2 avgust, 22:00
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.