2020-yilda Moskvada mehnat migrantlarining ishlash huquqi uchun patent 7 foizga qimmatlashdi. Bu haqda Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, patent narxi 2018-yilda 4 500 rubl, 2019-yilda 5 000 rubl bo‘lgan. 2020-yildan patent uchun oyiga 5 350 rubl to‘lash lozim bo‘ladi.
Ukraina, Moldova, Ozarbayjon, Tojikiston va O‘zbekiston fuqarolari 2015-yildan buyon Moskvada ishlash uchun patent oladi.
Moskva iqtisodiy siyosat va rivojlanish departamentining dastlabki hisob-kitoblariga ko‘ra, 2019-yilda chet ellik ishchilarga patent berishdan tushgan budjet daromadi 18 milliard rublni tashkil etgan.
Izoh (0)