Qashqadaryoning G‘uzor tumanida yashovchi, Qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti 4-kurs talabasi bo‘lgan D.M. ismli 22 yoshli qiz 7-dekabr kuni o‘zi yashaydigan uydan osilgan holda topilgani haqida xabar berilgan edi. “Daryo”ning IIVning manbalari ushbu holat yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.
Ma’lum qilishlaricha, qizning otasi maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlaydi, onasi esa uy bekasi. Oiladagi olti farzandning uch nafari kontrakt asosida oliygohda o‘qiydi. “Oilaning yashash sharoiti og‘ir. Oiladagi yetishmovchiliklar esa kelishmovchiliklar keltirib chiqargan bo‘lishi mumkin, degan taxmin bor”, — deydi manba.
D.M. o‘qishda juda bosiq, vazmin bo‘lgan, fanlardan o‘rta baholarda o‘qigan, sababsiz dars qoldirmagan, kursdoshlari bilan munosabati yaxshi bo‘lgan. Sentabrda institut psixologi tomonidan ijtimoiy-psixologik holati tahlil qilinganida, hech qanday salbiy holatlar qayd etilmagan.
Voqeadan so‘ng D.M.ning otasi bilan gaplashgan manbaning so‘zlariga ko‘ra, voqea yuz bergan kuni qiz soat taxminan 10:00 da non yopgan, oradan yarim soat o‘tar-o‘tmas osilgan holda topilgan. Qo‘shimcha qilishlaricha, 5-yanvarga D.M.ning fotiha to‘yi belgilangan edi.
Izoh (0)