• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12692.42
    • RUB158.44
    • EUR14511.24
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +34°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Temir yo‘l transporti yo‘lovchilarining yuki va valyutasini bojxona nazoratidan o‘tkazish tartibi tasdiqlanadi

    Temir yo‘l transporti yo‘lovchilarining qo‘l yuki, bagaji, valyuta va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi nizom jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilindi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    Hujjat bilan temir yo‘l vokzallari va stansiyalarida bojxona nazorati zonalari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tuzilishi va belgilanishi kutilmoqda.

    Bojxona nazorati zonasiga yo‘lovchilarni kiritish (bojxona nazorati zonasidan yo‘lovchilarni chiqarish) ularda belgilangan shaklda to‘ldirilgan (rasmiylashtirilgan) yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasi, shaxsni tasdiqlovchi pasport va yo‘lovchining chipta hujjati mavjud bo‘lgan taqdirda qat’iy ravishda bojxona rasmiylashtiruvining belgilangan joylarida amalga oshiriladi.

    Bojxona nazorati zonasida poyezdlarni qabul qilib olish, jo‘natish va ularni texnik tayyorgarlikdan o‘tkazish va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan chegara oldi stansiyalari xodimlarining bo‘lib turishi va o‘z funksional majburiyatlarini bajarishi bojxona organiga taqdim etilgan ro‘yxatlar asosida amalga oshiriladi. Temir yo‘lda xizmat ko‘rsatuvchi xodimlar bojxona nazorati zonasiga kirishi tegishli guvohnomalar va ko‘krak belgilari bo‘yicha xizmat yo‘li orqali kelishilgan holda amalga oshiriladi.

    Yo‘lovchi poyezdlar harakatini tashkil etishni va yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatishni ta’minlaydigan “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ rahbariyati va uning hududiy bo‘linmalari xodimlari bojxona nazorati zonasiga xizmat yo‘li orqali tegishli guvohnomalari mavjud bo‘lganda kirishi mumkin.

    Jo‘nab ketayotgan va kirib kelayotgan yo‘lovchilar, ularning qo‘l yuki, bagaji, valyuta va valyuta boyliklarini bojxona nazoratidan o‘tkazish va rasmiylashtirish, mazkur qoidaga ko‘ra, o‘rnatilgan tartibda bojxona nazoratdan o‘tish joylaridagi maxsus xonalarda (ko‘rikdan o‘tkazish joylari), shuningdek, alohida hollarda yo‘lovchi poyezdlarning to‘xtab turish joylarida amalga oshiriladi.

    Alohida hollarda bojxona chegarasi orqali yo‘lovchi vagonlarida harakatlanayotgan fuqarolar va ularning qo‘l yuki, bagaji (kuzatib boriladigan), valyuta va valyuta boyliklarini bojxona nazorati temir yo‘l rahbariyati bilan kelishilgan holda chegara oldi temir yo‘l stansiya (vokzal)larida amalga oshirilishi mumkin.

    Yo‘lovchilarga tegishli bagajning bojxona rasmiylashtiruvi temir yo‘l vokzallari, stansiyalarning maxsus ajratilgan joylarida yoki bojxona organi tomonidan belgilanadigan boshqa joylarda qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.

    Yo‘lovchilarning qo‘l yuki, bagaji, valyuta va valyuta boyliklarini bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigining barcha turlari uchun vaqt me’yorlaridan kelib chiqqan holda, bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan sifatli va o‘z vaqtida o‘tkazish maqsadida bojxona organlari temir yo‘lning joylardagi tarkibiy tuzilmalari bilan birgalikda o‘zaro harakat tartibini belgilaydilar va bu qoidalar quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

    a) temir yo‘l chegara oldi stansiyalarida turish davomiyligi bojxona organlari bilan kelishilgan holda to‘liq hajmda bojxona nazorati va rasmiylashtiruvini amalga oshirish uchun yetarlilik tamoyiliga ko‘ra, xavfsiz yo‘llarda temir yo‘l tomonidan belgilanadi va buning uchun jo‘nash punktlarida yo‘lovchilarni bojxona rasmiylashtiruvi poyezdning chegara oldi stansiyasiga kirib kelishi vaqtida boshlanishi va poyezdlarning harakatlanish grafigiga ko‘ra jo‘nab ketishga 5 daqiqa qolganida tugashi lozim va bu to‘g‘risida poyezd brigadiri yoki temir yo‘l vokzallarida, stansiyalarda va temir yo‘l chiptalarini sotish vaqtida temir yo‘l yo‘lovchilarni ogohlantiradi;

    b) bojxona organlari tomonidan taqdim qilingan ma’lumot asosida vokzal va harakatlanuvchi sostavdagi yo‘lovchilarga kelgusidagi bojxona nazorati (vaqti va boshlanishi) va bojxona qoidalarining asosiy tartiblari to‘g‘risida ma’lum qilish;

    v) bojxona ko‘zdan kechiruvi va bojxona ko‘rigi uchun belgilangan vaqt me’yorlari:

    • bitta yo‘lovchining qo‘l yuki, bagaji, valyuta va valyuta boyliklarining bojxona ko‘rigi, bojxona ko‘zdan kechiruvi hamda yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasini rasmiylashtirish vaqti 1,5 daqiqa davomida amalga oshiriladi, boshqa asosli hollarda mazkur muddat bojxona organi tomonidan uzaytirilishi mumkin;
    • yo‘lovchilarning shaxsiy ko‘rikdan o‘tkazish vaqti 30 daqiqa davomida amaldagi normativ-huquqiy hujjatlar talablariga muvofiq amalga oshiriladi;
    • bitta bagajning bojxona ko‘rigi va/yoki bojxona ko‘zdan kechiruvi 10 daqiqa va alohida kuzatib boriladigan bagaj esa 20—30 daqiqa davomida amalga oshiriladi.
    Boshqa asosli hollarda bojxona ko‘rigi va/yoki bojxona ko‘zdan kechiruvining amalga oshirish davomiyligi mutasaddi idora vakillari bilan kelishilgan holda uzaytirilishi mumkin.

    Yo‘lovchilar, brigada a’zolari, ularning qo‘l yuki, bagaji, valyutasi va valyuta boyliklarining bojxona rasmiylashtiruvi bojxona nazorati zonasida belgilangan tartiblarga asosan amalga oshiriladi. Bojxona rasmiylashtiruvi joylarida yo‘lovchilar va poyezd brigadasi a’zolarining qo‘l yuki nazoratning texnik vositalari yordamida tekshiruvdan o‘tkaziladi. Bojxona organlari tomonidan bojxona qonunchiligiga muvofiq bojxona nazoratining soddalashtirilgan shakllari qo‘llanilishi mumkin.

    Yo‘lovchilar, shuningdek, poyezd brigadasi a’zolarining bagaji, qo‘l yuki va boshqa boyliklarini bojxona rasmiylashtiruvi bojxona organi tomonidan belgilangan shaklda to‘ldirilgan yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining elektron shakldan chop etilgan yoki qog‘oz shaklidagi 2 ta nusxasini rasmiylashtirgan holda bojxona rasmiylashtiruvi joylarida amalga oshiriladi. Yo‘lovchi bojxona deklaratsiyaning bitta nusxasi yo‘lovchi yoki poyezd brigadasida qoladi, boshqa nusxasi esa rasmiylashtiruv joyining bojxona organida saqlanadi.

    O‘zbekiston Respublikasi hududiga kelib tushgan yo‘lovchilar va poyezd brigadasi a’zolari belgilangan shakldagi yo‘lovchi bojxona deklaratsiyasining 2 ta nusxasini tegishli bandlarini to‘ldirgan holda bojxona organiga taqdim etish yo‘li bilan bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tadilar, bunda birinchi nusxa rasmiylashtiruvdan keyin bojxona organida qoladi, ikkinchisi esa to‘ldirgan shaxsda qoladi.

    Agar bojxona chegarasini kesib o‘tayotgan yoki bojxona nazorati zonasida bo‘lib turgan biror shaxs (yo‘lovchi, xizmat ko‘rsatuvchi personal yoki smenali tashkilot xodimi) o‘zida bojxona qonunchiligining buzilishiga sabab bo‘ladigan tovarlarni yoki boshqa predmetlarni saqlagan holda ularni bojxona organlariga taqdim etmayotganligi borasida shubha tug‘ilsa, amaldagi qonun-hujjatlarida belgilangan tartibda ushbu shaxs shaxsiy ko‘rikdan o‘tkaziladi.

    Bojxona nazorati va rasmiylashtiruvidan o‘tgan yo‘lovchilar o‘tib ketayotgan poyezd stansiyaga kelguniga qadar bojxona nazorati zonasida bo‘ladilar va bojxona nazorati zonasini asossiz tark etishlariga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Qo‘l yukini yo‘lovchilar uchun mo‘ljallangan joylarga, shuningdek o‘rindiqlar orasidagi o‘tish joylarida, tamburlar, hojatxonalar, yo‘lakchalar va vagon maydonchalariga joylashtirishga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Har bir yo‘lovchi temir yo‘l transportida o‘zi bilan bitta chipta bo‘yicha ko‘pi bilan 36 kg.dan oshmagan qo‘l yukini olib o‘tishi mumkin.

    Quyidagilar qo‘l yuki yoki bagaj hisobiga kirmaydi: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining amalda bo‘lgan qarori bilan belgilangan jismoniy shaxslar tomonidan bojxona chegarasi orqali bojxona to‘lovlari to‘lamasdan olib o‘tishning miqdor normalaridan ortiq bo‘lgan tovarlar (har qanday tovar belgilangan norma va/yoki davriylikdan ortiq olib o‘tilganda belgilangan tartibda bojxona to‘lovlari undiriladi).

    Og‘irligi (36 kilogramm) va o‘lchamlari (uchta o‘lcham bo‘yicha 180 santimetrdan oshadigan (100 x 30 x 50) belgilangan me’yorlardan ortiq bo‘lgan qo‘l yuki pochta-bagaj vagonida tashish uchun topshiriladi.

    Bagajni tashishga ko‘ra bir joy og‘irligi 80 kilogrammdan ziyod, uzunligi esa 3 metrdan ortiq yuk va buyumlar qabul qilinmaydi. Vazni 80 kg dan ortiq bo‘lgan bo‘linmaydigan joylar (muzlatgich, gaz plitalari va boshqalar) bagaj tashishga, ya’ni yo‘lovchi tashish poyezdida har bir rasmiylashtirilgan joyga bir birlik miqdoridagi chipta bo‘yicha qabul qilinadi.

    Bagajni qabul qilib olish va topshirish bo‘yicha operatsiyalarni amalga oshiradigan stansiyagacha va chiptaga ko‘ra yo‘lovchining boradigan manzilidan uzoq bo‘lmagan joygacha tashiladi. Yo‘lovchi bagajni oldindan tashib o‘tishga topshirishi ham mumkin.

    Bagaj sifatida tashib o‘tishga o‘z o‘lchamlari, qadog‘i va xususiyatlariga ko‘ra boshqa bagajga ziyon yetkazmagan holda qiyinchiliksiz bagaj vagoniga topshirilishi mumkin bo‘lgan narsalar va predmetlar qabul qilinadi.

    Bitta yo‘lovchi hujjati (chipta) bo‘yicha topshirilgan bagajning umumiy og‘irligi 200 kg.dan oshmasligi lozim. Bitta yo‘l hujjati (chiptasi) bo‘yicha bir nechta yo‘lovchi guruh bo‘lib yurganida ko‘rsatilgan meyyor mos ravishda guruh ishtirokchilari miqdoriga qarab oshiriladi.

    Bitta yo‘lovchi uchun haqiqiy bo‘lgan yo‘lovchi hujjati bo‘yicha og‘irligi 200 kilogrammdan ortiq bo‘lgan bagaj taqdim etilsa, bunday tashishga bagaj vagonida bo‘sh o‘rinlar mavjud bo‘lganida temir yo‘l tomonidan ruxsat beriladi, biroq boshqa yo‘lovchilarning bagajini tashishga zarar yetkazmagan holda va me’yordan ortiq bo‘lgan joylarga temir yo‘lda yo‘lovchi yuklarini tashish ta’riflari bo‘yicha haq to‘lash orqali amalga oshiriladi.

    Qo‘l yuki sifatida bojxona nazoratidan o‘tmagan va yo‘lovchilar sog‘lig‘iga zarar yetkazishi yoki ularni zararlanishi mumkin bo‘lgan buyumlar, shu bilan birga boshqa normativ-huquqiy hujjatlarda ko‘rsatilgan xavfli moddalar va buyumlar yo‘lovchi vagonlarda tashilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

    Bojxona organlari taqdim etgan ma’lumotlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi hududidan chiqib ketayotgan yo‘lovchilar uchun qo‘l yuki, bagaji, valyuta va valyuta boyliklarini rasmiylashtirish tartibi to‘g‘risidagi axborot ko‘rsatilgan eslatmalar ishlab chiqadi va axborot peshtaxtalariga joylashtiriladi. Temir yo‘l chiptalarini sotish joylarida, temir yo‘l vokzallarida va stansiyalarida yo‘lovchilarni bu to‘g‘risida xabardor bo‘lishini ta’minlaydi.

    Yo‘lovchilarning valyutasi, valyuta boyliklari va qo‘l yukini bojxona nazoratidan o‘tkazishni amalga oshirish uchun yo‘lovchi poyezdlarining O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 24-noyabrdagi 489-sonli qarorining 1-ilovasida ko‘rsatilgan stansiyalarda kelishilgan harakat jadvaliga muvofiq yo‘lovchi poyezdlarning to‘xtashini ta’minlaydi.

    Xorijga chiqib ketayotgan va xorijdan kirib kelayotgan temir yo‘l sostavlarini buning uchun ko‘zda tutilgan bojxona nazorati zonalaridagi temir yo‘llariga belgilangan stansiya va vokzallarga yetkazilishini ta’minlaydi.

    Bir vaqtning o‘zida bitta stansiyaga ikki va undan ortiq poyezdning kirib kelishi yoki chiqib ketishini istisno qiladigan yo‘lovchilar poyezdlari harakati grafigini ishlab chiqadi.

    Ko‘zda tutilmagan to‘xtashlarni va tezlikning kamayishini istisno qiladigan choralarni ko‘radi (fors-majorlidan tashqari), ketish yo‘lida poyezdlar harakatlanganda yo‘lovchilarning tushib qolishi-o‘tirishi va tovarlarning yuklab ortilishi-yuklab tushirilishiga yo‘l qo‘ymaslikni ta’minlaydi.

    Yo‘lovchilarni bojxona rasmiylashtiruvi joylarida bank xizmatlari va valyuta almashtirish shoxobchalari faoliyat ko‘rsatishi uchun alohida xonalar ajratadi.

    Vokzal va stansiyalarda yo‘lovchilar oqimidan kelib chiqib, yo‘lovchilar uchun yuk tashuvchilar va perron nazoratchilari sifatli xizmat ko‘rsatishini tashkillashtiradi.

    Yo‘lovchilar tomonidan tashilayotgan qo‘l yuki yoki bagajni tortish uchun stansiyalar (vokzallar)da tarozilar o‘rnatiladi. Yo‘lovchilar tomonidan bunday tarozilardan bepul foydalaniladi.

    Yo‘lovchilarning ortiqcha qo‘l yukini tashish uchun yo‘lovchi tashish poyezdlari tarkibiga qo‘shimcha bagaj vagonlari kiritilishini ta’minlaydi.

    O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligi talablariga rioya etgan holda, o‘z vakolatlari doirasida Davlat bojxona qo‘mitasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ o‘zaro bir-biriga yordam berishi lozim.

    30.12.2019, 17:53   Izoh (0)   11749
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Ichki ishlar vaziriga yoshlar o‘rtasidagi jinoyatchilikni kamaytirish bo‘yicha shaxsiy javobgarlik yuklatildi

    30.12.2019, 17:37

    O‘zbekistonda BAA rezidentlari uchun vizasiz rejim joriy etiladi

    30.12.2019, 17:23

    Shavkat Mirziyoyevning Italiyaga tashrifi tashkil etiladi

    30.12.2019, 17:09

    Vashingtonda Abdulla Qodiriyning “O‘tkan kunlar” romanining ingliz tilidagi talqini taqdimoti o‘tkazildi

    30.12.2019, 16:53

    O‘zbekistonda Yangi yil bayrami kunlari tibbiyot muassasalari uzluksiz ishlaydi

    30.12.2019, 16:24

    Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev telefon orqali muloqot qildi

    30.12.2019, 15:26
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    BYD SEALION 7: Flagman elektr SUV — shahar ko‘chalarida yangi yetakchi 


    Avvallari xufiyona iqtisodiyotda faoliyat yuritgan eshitish va gapirishda muammosi bor insonlar endi rasmiy sektorga qo’shilib, Poytaxt Parking jamoasining bir qismiga aylandi


    Toshkentda CRYPTO O₂ forumi bo‘lib o‘tdi: Texnologiya, fintech va tartib‑qoidalar muhokama qilindi 


    American University of Technologyʼda bakalavrlar uchun ochiq eshiklar kuni


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    STEM va biznes yo‘nalishidagi qizlar uchun TBC Bank’dan ta’lim grantlari — O‘zbekistonda gender tafovutini kamaytirish yo‘lida yangi qadam


    OKMKda mahalliy dumpkarlardan foydalaniladi 


    ZARMED Universiteti: 200 ta grant sizni kutmoqda


    InfinBANK va Kwikpay: uyingizga komissiyasiz va mehr bilan xalqaro pul o‘tkazmalari


    Aqlli diversifikatsiya: nima uchun kerak va kapitalni qanday taqsimlash lozim?


    SonetUzStyle tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli 15-avgustgacha uzaytirildi


    AVO bank aloqa markazi: innovatsiyalar va yangi xizmat darajasi 


    AKFA energiya tejovchi romlari: iqlimga moslashtirilgan, qulaylikni ko‘zlagan 


    Endi Ucell ilovasida Yandex Music’ni tinglash mumkin 


    Qo‘ng‘iroqlardan mobil internetga: Toshkent mobil aloqadan foydalanish modelini qanday o‘zgartirmoqda

     

    Tavsiya etamiz

    Trampning Falastinga nisbatan noxolis siyosati: AQSH YUNESKO a’zoligidan nega chiqyapti?

    2 avgust, 18:35

    Kamchatkadagi hodisa yagona emas: so‘nggi 120 yilda ro‘y bergan eng kuchli megazilzilalar

    1 avgust, 18:20

    Tramp uchun xavotirlar: AQSH prezidenti taniqli shaxslarga yosh qizlarni sotgan Jeffri Epshteynning mijozi bo‘lganmi?

    29 iyul, 17:19

    Bir kechada oddiy ofitsiantdan millionerga aylangan ayol: lotereyadan yutilgan 10 mln dollar mashmashasi

    27 iyul, 09:25
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Tailand besh kunlik mojaroda qo‘lga tushgan ikki nafar Kambodja askarini yurtiga qaytardi

    Dunyo | 3 avgust, 14:51

    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim

    Reklama | 3 avgust, 10:30

    “O‘zgidromet” hafta boshida qanday ob-havo kutilayotganini ma’lum qildi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 14:40

    Ozarbayjon gazi Turkiya orqali Suriyaga yetkazib beriladi

    Dunyo | 3 avgust, 14:15

    “An-Nassr” Ronalduning tavsiyasi bilan Fernandeshni sotib olmoqchi

    Sport | 3 avgust, 13:55

    O‘zbekistonda ayrim bog‘cha bolalari uchun har oy 618 ming so‘mdan beriladi

    O‘zbekiston | 3 avgust, 13:29

    BAA Misrdan yarim milliondan ortiq g‘azolikni ta’minlash uchun yetadigan suv quvuri tortib keladi

    Dunyo | 3 avgust, 12:55

    UNICEF: G‘azoda har uchinchi odam kunlarni ochlik bilan o‘tkazadi, bolalar esa halok bo‘lish xavfi ostida

    Dunyo | 3 avgust, 12:09

    Bolalar yerto‘lada yashirilgan: Toshkentda noqonuniy diniy ta’lim berilgan xonadonlar aniqlandi (video)

    O‘zbekiston | 3 avgust, 11:42
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.