24-dekabr kuni soat 04:20 larda Oqoltin tumani hududidan o‘tuvchi M-39 “Olmaota—Bishkek—Toshkent—Termiz” avtomobil yo‘lida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi oqibatida velosiped haydovchisi halok bo‘ldi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati xabar berdi.
Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashovchi 1981-yilda tug‘ilgan B.D. ismli shaxs Nexia rusumli avtomobilini boshqarib ketayotganida yo‘lning qatnov qismini belgilanmagan joyidan velosipedda kesib o‘tayotgan fuqaroni urib yuborgan.
Olingan tan jarohatlari oqibatida jabrlanuvchi shifoxonada vafot etgan.
Izoh (0)