Bugun, 26-dekabr kuni Quyosh tutilishi kuzatilmoqda. Ushbu hodisa O‘zbekiston hududining hamma joyida qisman — halqasimon tutilish shaklida yuz bermoqda.
Quyoshning bunchalik kichik qismi to‘silganini qurollanmagan ko‘z bilan payqab bo‘lmaydi. Buning uchun qoraytirilgan shisha yoki payvandlash niqobi kerak bo‘ladi.
Uning to‘liq fazasi Saudiya Arabistoni, Indoneziya va Hindistonning janubida kuzatilib, bunda Oy Quyosh sirtining 96 foizini to‘sadi.
Toshkentda tutilish soat 8:00 da boshlanib, maksimum fazaga 9:00 da yetdi. Bunda Quyosh diametrining 38 foizi to‘siladi.
O‘zbekiston janubiy nuqtasi – Termiz shahrida u 2 soat 16 daqiqa davom etadi. Tutilish soat 10:06 da tugaydi.
Izoh (0)