Surxondaryoda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uy egasi halok bo‘ldi, deb xabar berdi “Postda”.
Sariosiyo tumanida yashagan fuqaro M.Sh. 22-dekabr kuni tungi paytda uyiga mast holda kelgan va elektr isitish pechini yoqib, uxlab qolgan. Buning oqibatida ilgichda turgan kiyim pech ustiga tushib, yong‘in ro‘y bergan.
Yong‘in vaqtida uy egasi jiddiy kuyish jarohatini olib, voqea joyida vafot egan.
Sud-tibbiy ekspertiza xulosasiga ko‘ra M.Sh. yuqori haroratli termik kuyish, butun tananing ko‘p miqdorda kuyishidan vafot etgani aniqlangan.
Avvalroq Buxoro shahrining Mahtumquli ko‘chasidagi uyda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uy egasining 5 yoshli qiz nabirasining kuygan holdagi jasadi topilgan edi.
Izoh (0)