Filippinning Rizal shahrida kokos vinosi iste’mol qilish oqibatida 8 kishi vafot etdi. “Korrespondent.net”ning yozishicha, yana 300 kishi ushbu spirtli ichimlikdan zaharlanib, oshqozon og‘rishi bilan kasalxonaga yotqizildi.
Politsiya ma’lumotlariga ko‘ra, ularning barchasi bir xil vino iste’mol qilgan. Mahalliy hukumat bu o‘lkada, ayniqsa, Rojdestvo bayramlarida talab katta bo‘lgan norasmiy tarqatiluvchi ushbu ichimlik sotilishiga taqiq qo‘ydi. Vinodan zaharlanganlar soni ortmasligi uchun shunday chora ko‘rilgan.
Qayd etilishicha, yuzlab zaharlangan bemorlarga yordam ko‘rsatish uchun ko‘plab shifokorlar mehnat ta’tilidan kasalxonaga qaytarilgan. Shifokorlardan birining aytishicha, sharobni kokos yong‘og‘idan noto‘g‘ri fermentlash tufayli ortiqcha miqdordagi metanol — zaharli alkogol paydo bo‘lishi, uni iste’mol qilish ko‘rlikka va hatto o‘limga olib keladi.
Shuningdek, o‘tgan yilda ham 10 dan ortiq kishi kokos vinosi iste’mol qilishdan vafot etgani aytilmoqda. Ularning tarkibida ham yuqori darajada metanol boriligi aniqlangan.
Izoh (0)