Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kegeyli tumanida ayanchli voqea ro‘y berdi. Bu haqda “Postda.uz” xabar bermoqda.
Shu tumanda yashovchi A.X. hamda uning akasi, Nukus shahrida istiqomat qiluvchi B.X. o‘rtasida janjal kelib chiqadi.
Jahlini jilovlay olmagan A.X. janjal paytida mast holda akasining turli joylariga uradi. Natijada B.X. boshi bilan yerga yiqilib tushadi va jiddiy jarohat oladi.
B.X. voqea joyida dunyodan ko‘z yumadi.
Hozirda A.X. ushlangan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Izoh (0)