• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12593.77
    • RUB158.49
    • EUR14698.19
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri bilan uchrashdi (foto)

    O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Yaponiyaga tashrifi asosiy tadbirlari 19-dekabr, payshanba kuni Tokioda bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Ma’lum qilinishicha, Kantey qarorgohida rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Prezidentini Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe kutib oldi. Ular davlat bayroqlari oldida qo‘l berib ko‘rishdi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Davlat madhiyalari yangradi. Shavkat Mirziyoyev va Sindzo Abe oliy martabali mehmon sharafiga saf tortgan faxriy qorovul oldidan o‘tdi. Ularga delegatsiyalar tanishtirildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Shundan so‘ng ikki mamlakat delegatsiyalari ishtirokida muzokara o‘tkazildi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yaponiya hukumati rahbari O‘zbekiston Prezidentini samimiy qutlar ekan, ushbu tashrif “Reyva” (“Go‘zal uyg‘unlik”) davrining birinchi yilida o‘tayotganini alohida ta’kidladi.

    Yaponiya O‘zbekiston bilan do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarini mustahkamlashga alohida ahamiyat qaratayotgani qayd etildi.

    Sindzo Abe O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng miqyosli islohotlarni yuksak baholadi va ularni to‘liq qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. O‘zbekiston Markaziy Osiyoda mintaqaviy hamkorlikni jonlantirishga faol hissa qo‘shayotgani ta’kidlandi.

    Prezident Shavkat Mirziyoyev, o‘z navbatida, Yaponiya hukumati rahbariga samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirib, yapon xalqini “Reyva” davri boshlangani bilan tabrikladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    O‘zbekiston rahbari ikki tomonlama ko‘p qirrali sheriklikni sifat jihatidan yangi darajaga ko‘tarish borasidagi intilishi qat’iy ekanini ta’kidladi.

    Yaponiya hukumatiga O‘zbekistondagi islohotlar va iqtisodiy modernizatsiyani qo‘llab-quvvatlayotgani, shuningdek, yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ko‘maklashayotgani uchun minnatdorlik bildirildi.

    Uchrashuvda konstruktiv siyosiy muloqotni davom ettirish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi. Dolzarb xalqaro ahamiyatga molik masalalar bo‘yicha tomonlarning yondashuvlari yaqinligi qayd etildi.

    Parlamentlararo aloqalar, jumladan, Yaponiya parlamentidagi O‘zbekiston bilan do‘stlik ligasining faol ishtiroki doirasida jonlangani mamnuniyat bilan qayd etildi. Asosiy e’tibor O‘zbekistonda iqtisodiy islohotlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratildi.

    Ikki mamlakat yetakchilari o‘zaro savdo hajmini yanada oshirish, investitsiyaviy, texnologik, moliyaviy va moliyaviy-texnik hamkorlikni kengaytirishni taklif etdi.

    O‘zbekiston Prezidentining Yaponiyaga tashrif doirasida bo‘lib o‘tgan ishbilarmonlik tadbirlarining natijalari katta mamnuniyat bilan tilga olindi.

    Energetika, qazib olish tarmog‘i, mashinasozlik, kimyo sanoati, qishloq xo‘jaligi, to‘qimachilik, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda, avvalo, Yaponiya yetakchi kompaniya va banklarining to‘g‘ridan to‘g‘ri investitsiyalari va ilg‘or texnologiyalarini jalb qilgan holda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish ma’qullandi.

    Delegatsiyalar rahbarlari Yaponiya xalqaro hamkorlik agentligi orqali moliyaviy va moliyaviy-texnik sheriklik kengayib borayotganini olqishladi.

    Bundan tashqari, hududlararo aloqalarni, tartibli mehnat migratsiyasi, ta’lim, sog‘liqni saqlash, madaniy almashinuv sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi.

    Asosiy yo‘nalishlarda qo‘shma loyihalarni muvofiqlashtirish va ilgari surishning institutsional mexanizmlari kelishib olindi.

    Uchrashuv yakunida tomonlar muzokara natijalaridan mamnun ekanliklarini bildirdi, do‘stlik va strategik sheriklik munosabatlarining yangi davrini boshlash borasida qat’iy ekanligini ta’kidladi.

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Foto: Prezident matbuot xizmati

    Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning o‘zi uchun qulay vaqtda O‘zbekistonga tashrif bilan kelish taklifini minnatdorlik bilan qabul qildi.

    Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abening taklifiga binoan rasmiy tashrif bilan 17-dekabr kuni Yaponiyaga keldi. Prezidentni Tyubu xalqaro aeroportida Yaponiya rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.

    Prezident Nagoya shahrida ushbu shahar meri Takasi Kavamura bilan Toshkentda Nagoya yuqori texnologiyalar parkini tashkil etish, iqtisodiyot, sanoat, transport, ta’lim, turizm va boshqa ustuvor yo‘nalishlarda innovatsion loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi. Yaponiyaning yirik kompaniyalarini O‘zbekistonga taklif etdi.

    Shuningdek, Nobel mukofoti sovrindorlari yetishib chiqqan Nagoya universitetida o‘qiyotgan o‘zbekistonlik yoshlar bilan uchrashdi, Universitetning ilmiy kengashi Shavkat Mirziyoyevga universitet faxriy doktori unvonini berdi.

    Tashrifning uchinchi kuni parlament quyi palatasida bo‘lib, vakillar palatasi raisi Tadamori Osima bilan O‘zbekiston—Yaponiya parlamentlararo munosabatlarini yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qildi. Shuningdek, shu kuni Shavkat Mirziyoyev Yaponiya parlamentining Maslahatchilar (yuqori) palatasi prezidenti Akiko Santo bilan ham uchrashdi.

    Davlat rahbarining rasmiy tashrifi 20-dekabrgacha davom etishi va qiymati 6,5 milliard dollarga teng bo‘lgan 48 ta kelishuv va shartnoma imzolanishi kutilmoqda. Tashrif doirasida Yaponiyaning yirik shaharlaridagi LED-ekranlarda O‘zbekistonning turistik salohiyati namoyish etilmoqda.

    19.12.2019, 22:12   Izoh (0)   28431
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Zoir Mirzayev Yunusoboddagi metro qurilishida halok bo‘lgan qashqadaryoliklarning yaqinlari holidan xabar oldi

    19.12.2019, 21:57

    Komil Allamjonov gazetalarning bugungi kunga moslashishi kerakligini ta’kidladi

    19.12.2019, 21:41

    O‘zbekiston IIV tuzilmasida Situatsion-tahliliy markaz tashkil etiladi

    19.12.2019, 21:25

    IIV rasmiysi: Semizlik darajasini kamaytirishga erishmagan xodimlarga imkoniyat taqdim etilgan

    19.12.2019, 21:09

    Surxondaryo xalq ta’limi boshqarmasi Angordagi maktab direktori 2 mln so‘m pora bilan qo‘lga tushganiga izoh berdi

    19.12.2019, 20:55

    UzAuto Motors’ning Xorazmdagi zavodida 200 minginchi avtomobil ishlab chiqarildi

    19.12.2019, 20:27
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    Ellipse International School – farzandingiz kelajagi boshlanadigan joy!


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Toshkent Farmatsevtika Instituti — Farmatsiya sohasida xalqaro darajadagi sifatli ta’lim


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?

     

    Tavsiya etamiz

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54

    Nega atom bombasi portlaganidan keyin yerda insonlar izi qolib ketgan? Olimlar izohi

    7 avgust, 15:57

    O‘zbekistonda “tonirovka” uchun yozda arzonlashtirilgan narx joriy etilishi mumkin

    7 avgust, 15:45

    Pora, neft va terrorchilik: nega Qatar amiri shov-shuvlar markazidan tushmayapti?

    5 avgust, 11:20
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Germaniya Isroilga qurol yetkazib berishni to‘xtatadi

    Dunyo | 8 avgust, 23:45

    Toshkent viloyatida mashina ustiga chiqib salyut uchirgan bloger 7 sutkaga qamaldi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 23:30

    Braziliyada sigir uch kunda rekord miqdorda 343 litr sut berdi

    Dunyo | 8 avgust, 23:14

    Ukraina bilan urush boshlanganidan beri Qodirovlar oilasi 150 taga yaqin mukofot oldi

    Dunyo | 8 avgust, 22:50

    “Hech kim yo‘qligi uchun bergandim”: 5-sinf o‘g‘liga mashina rulini topshirib qo‘ygan otaga chora ko‘rildi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:35

    Tramp ma’muriyati muhojirlarni Luiziana qamoqxonasiga joylashtiradi — WSJ

    Dunyo | 8 avgust, 22:25

    Toshkentda elektr taʼminotini yaxshilash uchun ikki yilda 2,8 trln so‘m sarflandi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:23

    O‘zbekistonda ishsizlik nafaqasi miqdori oshiriladi

    O‘zbekiston | 8 avgust, 22:09

    Kutilmagan zarar: idish-tovoq yuvish geli bilan tozalash mumkin bo‘lmagan 5 ta buyum

    Ayollar sahifasi | 8 avgust, 21:55
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.