Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmon loyihasi joylashtirildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Loyihada belgilanishicha, 2020/2021-o‘quv yilidan boshlab boshqaruv kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash davlat boshqaruvining talab etilgan va istiqbolli yo‘nalishlari bo‘yicha, davlat organlari va tashkilotlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, shu jumladan, ochiq tanlov asosida amalga oshiriladi.
Qaror loyihasiga ko‘ra, Akademiya davlat organlari va tashkilotlarining ehtiyojlaridan kelib chiqib, belgilangan kvotalardan tashqari to‘lov-kontrakt asosida ochiq tanlov yo‘li bilan davlat fuqarolik xizmatchilarini qayta tayyorlash kurslarini tashkil etish huquqiga ega bo‘ladi.
Akademiyaning qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida tahsil oluvchi davlat fuqarolik xizmatchilari kontingenti har yili 1-avgustga qadar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan tasdiqlanadi.
Izoh (0)