• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12880.35
    • RUB156.68
    • EUR14535.47
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +19°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login

    Bozorchi ayollar ayol emasmi? Bozorchi ayol hikoyasi

    “Daryo” ijtimoiy hayotda o‘z o‘rniga ega, biroq jamoatchilik e’tiboridan ko‘pincha chetda qolayotgan kasb egalari bilan suhbat qilmoqda. “Soyadagi odamlar” loyihasining bu galgi qahramoni o‘ttiz yildan buyon bozorda savdo qilib kelayotgan ayol.

    Suhbatdoshimizning iltimosiga ko‘ra, uning ism-sharifi hamda shaxsini oshkor etishi mumkin bo‘lgan boshqa ma’lumotlar o‘zgartirildi.

    Ismim Zulfiya. Yaqinda 62 yoshga kirdim. 30 yildan beri dehqon bozorida savdo qilaman.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Bolaligimdan fermada sut sog‘uvchi bo‘lib ishlaganman. To‘g‘risini aytsam, maktabda o‘qimaganman. Birinchi sinfdan 3-sinfgacha uch kun borganman xolos. O‘qituvchim maktabga kelmaganim uchun sinfdoshlarim ichida meni qattiq urgan. O‘sha paytlari qora rangli siyoh bo‘lardi. Peroni unga tekkizib yozardik. Kaltak yeganimdan keyin jahl ustida ana shu siyohdonni o‘qituvchimni boshidan quyib, qochib ketganman. Shu bo‘yi qaytib maktabga bormaganman. U paytda hozirgidek davomat kuchli tekshirilmasdi. Keyin savdoga o‘rgandim. Sog‘gan sut-qatiqlarimni bozorga olib kelib, sotib ketardim.

    Bozor menga ko‘p narsani o‘rgatdi

    Masalan, o‘sha paytlari rus tilini bilmasdim. Bozorga mabodo ruslar kelib qolsa, narxini qo‘limda yoki qog‘ozga yozib ko‘rsatardim.

    Keyinchalik oila qurdim, farzandli bo‘ldim. Besh-olti yil uyda o‘tirdim. Balki keyin ham uyda o‘tirishim mumkin edi, agar hayotimda yo‘qotishlar bo‘lmaganida... Birdaniga uch yaqin insonimni — ota-onamni, turmush o‘rtog‘imni tuproqqa qo‘ydim. Yosh edim, kutilmagan yo‘qotishdan dovdirab, ikki oy bir joyda yotib qoldim. Sog‘lig‘im yomonlashgandan keyin doktorlar tekshirib, o‘zingizni chalg‘iting, biror ish bilan mashg‘ul bo‘ling deb maslahat berdi. Xotiralardan qochish, ko‘ngil yozish va uch go‘dagimni boqish uchun bozorga chiqdim.

    Foto: “Unsplash.com”

    Foto: “Unsplash.com”

    Odamlarni ko‘rib yozilaman

    Hozir bolalarim ertalab meni bozorga tashlab, kechki payt o‘zlari olib ketishadi. Iloji boricha bir kun ham bozordan qolmaslikka harakat qilaman. Agar uyda qolsam, xotiralar meni yeb qo‘yadiganday. Bozorga kelib chalg‘iyman, og‘riqlarimni unutganday bo‘laman.

    Yoshim o‘tib borsa-da, bolalarim bozorga chiqishimga qarshilik qilishmaydi. Faqat kichkina o‘g‘limning jahli chiqadi. “Ona, bo‘ldi qiling, bunaqa sovuqlarda ko‘chada turmang, kasal bo‘lib qolasiz”, deydi. Lekin katta o‘g‘lim “unaqa dema uka, onam qayerda o‘zini baxtli his qilsa, o‘sha yerda ishlasin”, deb yonimni oladi.

    Bolalarim haqida gapiradigan bo‘lsam, uch farzandim bor. Bir qiz va ikki o‘g‘il. Qizim yonimda savdo qiladi. Katta o‘g‘lim savdogar, mashina olib sotadi. Kelinim esa kiyim-kechak savdosi bilan shug‘ullanadi. Kichkinam kirakash. Barchamiz savdo sohasidamiz.

    Sahardan bozorda hayot qaynaydi

    Savdogarlar turli shaharlardan: Baxmal, Namangan, Shohimardondan meva olib kelishadi. Har kuni soat 5:00 da kelib, “optom”dan yuk olaman. Keyin qorong‘u tushib, bozor bekilguncha shu yerda turaman.

    Bilasizmi, sheriklarimning aytishicha, erlari “yoshi katta xotin sahardan kelib ish boshlaydi, senlar kech kelasan”, deb urishib berarkan.

    Sotuvchining prinsiplari

    Sotishning har xil usullari bor. Agar to‘yga yoki qandaydir marosimlar uchun olayotgan bo‘lsa, yaxshi muomala qilsa, ustiga ming so‘m qo‘yib sotaveraman. Yoki birinchi xaridor bo‘lsa, bay ochish uchun ancha narxidan o‘tib beraman. Agar muomalasi yoqmasa, ancha qimmat aytaman yo umuman sotmayman.

    Odamlardagi mensimaslik xislatini juda yomon ko‘raman

    Ba’zi xaridorlar kelib qo‘lini uchida yoki yerdagi “korobka”ni tepib turib, mana bu qancha deb so‘rashadi. Yomon jahlim chiqadi. Axir yeydigan narsani oyog‘i bilan tepish yaxshi emas. O‘zimizda ko‘p mevalar yo‘q. Odamlar uzoq viloyatlardan qancha qiynalib olib kelishadi.

    Bu yil olma kam bo‘ldi, shunga yarasha  narxi ancha baland. Shuning ortidan ham ko‘p kelishmovchiliklar chiqyapti. Nimaga qimmat sotyapsiz deb urishganlar ko‘p bo‘ladi. Gohida “iye o‘zingiz qanchaga oldingiz demaydi-ya” deb xafa bo‘lib qolaman.

    Pul topish uchun bozorga chiqmayman

    Do‘kon qilish niyatim bo‘lmagan, doim ochiqda savdo qilaman. To‘g‘ri, qishlarda, qahratonlarda tashqarida turish qiyin bo‘ladi, lekin ko‘chada sotish har taraflama yaxshi. Ortiqcha xarajatning oldini oladi. Masalan, yaqinda bir sherigim anchagina pul sarflab, “akfa”dan do‘kon qildi. Lekin hokim kelib bir kunda buzdirvordi. Shuncha pulga kuygani qoldi. Shuning uchun ochiqda sotgan qulay. Hozir bir yarim millionga katta “zontik” olib kelib tarqatishdi. Arendaga oldik. Endi uni yoyib qo‘yib sotaveramiz.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Tushum bozorga qarab. Agar yaxshi bo‘lsa, kuniga 80-100 ming so‘m topaman. Bo‘lmadi deganda 50-60 ming so‘m. Agar qancha ko‘p dastmoya qilsangiz, shuncha ko‘p qoladi. Bunisi ham bor.

    Yana bir gap. Ochig‘i, bu yerga pul topish uchun chiqmayman. Bolalarim yaxshi topishadi. Ishlashimga hojat yo‘q. Lekin uyda o‘tirsam siqilib qolaman. Xuddi uy meni yutib ketgandek bo‘laveradi. Shuning uchun qancha topsam ham bozorga chiqaveraman.

    Bozorchi ayollar janjalkash bo‘ladimi?

    Ha, aksariyati asabiy, urishqoq bo‘ladi. Chunki hayot ularni shunga majbur qilgan. Yonidagilar bilan joy, mol talashib urishadi. Masalan, men o‘n yashik olma olayotgan bo‘lsam, kelib besh yashigini menga berasiz deb talashadi. Shundan keyin janjal chiqib ketadi.

    Bilasizmi, hech kim janjalkash bo‘lib tug‘ilmaydi, o‘z-o‘zidan urishqoq ayolga aylanmaydi. Hammasi tirikchilik qilaman, bolalarimni boqaman deb shu holga tushishadi. Mana yonimdagi ayolning yaqinda eri olamdan o‘tdi. Bolalarini boqish uchun bozorga chiqqan, oson emas. Ular ham ayol! Ular ham baxtli yashashga haqli. Biroq alamlar, qiyinchiliklar ayolni shunaqa qilib qo‘yadi.

    Bunda xaridorlarning ham “hissa”si katta bo‘ladi. Masalan, hozir ikkita yosh qiz kelib, olma narxini so‘radi. Aytsam, “Tavba, uyalmasdan 15 ming deyishini qaranglar, qo‘llarini og‘zilariga tiqvopti”, deb piching qilib ketishdi. Jahlim chiqdi. Lekin indamadim.

    To‘g‘ri, gohida bu yil olma kam bo‘ldi-da, shuning uchun hozir qimmat deb aytganlar ham bo‘ladi. Afsuski, tushunadiganlar oramizda juda kam-da. Ana shu piching, qattiq gaplar odamni shunaqa asabiy va urishqoq qilib qo‘yadi.

    Hayotimdan mamnunman

    Bolalarim bor, hammasi o‘z yo‘lini topgan. Oilam tinch, ishim bor. Har kuni ishdan keyin nabiralarimga nimadir olib boraman. Xursand qilaman. Hayotimdan mamnunman.

    Yangi kelayotgan yildan ham niyatlarim ko‘p. O‘g‘limning kichik farzandiga sunnat to‘y qilishimiz kerak. To‘yni o‘tkazib olgandan keyin nasib qilsa Hajga borish niyatim bor.

    Xonzodabegim A’zamova suhbatlashdi.

    Avvalgi soyadagi odamlar:

    “O‘zbekiston fuqaroligini olsam, mendan baxtli odam bo‘lmasdi”. Konduktor ayol hikoyasi

    “Onamga qasd qilib, hayotimni barbod qildim”. Adashgan qiz hikoyasi

    “Davlat idoralarining hadeb tekshiraverishi yoqmaydi”. Etikdo‘z hikoyasi

    “Aravakashlik qilib, qizimni ToshMIda o‘qitdim”. Aravakash amaki hikoyasi

    “Tushimda marhum erim tinmay olovda yonardi”. Gulchi ayol hikoyasi

    “Musorga tashlab yuborilgan 34 million so‘mni topib berganman”. Chiqindi yig‘uvchi amaki hikoyasi

    Modellar boylarga jazman bo‘ladimi? Model qiz hikoyasi

    “Tarozidan urib, odamlarga qurtlagan jigar va go‘sht sotgani uchun qassoblar uzoq yashamaydi”. Qassob yigit hikoyasi

    “Tilanchilar taksida, o‘qituvchilar avtobusda yuradigan zamonda yashayapmiz”. Kirakash yigit hikoyasi

    “Pul topish uchun hammasiga roziman, faqat fohishalikka emas!” Ofitsiantlik qilayotgan O‘zbekiston chempionining hikoyasi

    “Boy o‘lsa o‘lsin, kambag‘al o‘lmasin”. Go‘rkov Yursunali ota Umaraliyev hikoyasi

    “Menga hech narsa kerakmas, shunchaki baxtli bo‘lishni xohlayman”. Mardikorlik qilayotgan qiz hikoyasi

    “O‘zbekiston o‘likxonalarida murdalar sotilmaydi!” Morg xodimining hikoyasi

    “Ofitsiantlar qo‘pol mijozlarning ovqatiga tupurib berishini eshitganman”. Ofitsiant yigit hikoyasi

    “Novvoy bo‘lib ko‘z nurimni yo‘qotyapman”. Novvoy yigit hikoyasi

    20.12.2019, 19:49   Izoh (0)   81373
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    HONOR kompaniyasi HONOR 400 Lite smartfonini taqdim etdi. Qiziq, u nimasi bilan lol qoldira oladi?


    Kapitalbank 2024-yilgi Brand Awards International mukofotiga sazovor bo‘ldi


    OKMK 2,3 milliard dollar kredit mablag‘larini jalb qildi va 125 million dollar moliyaviy xarajatlarni iqtisod qildi


    Fonon zargarlik uyi "Brilliantlar olamiga sayohat" mavzusida navbatdagi master-klassni Intercontinental mehmonxonasida o‘tkazdi  


    TENET butik-developer debyut loyiha — Stellar Residence sotuvi boshlanganini e’lon qiladi


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    “Orzudagi uy” — bugunoq zamonaviy uy egasi bo‘lishni istaganlar uchun ipoteka!


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    InfinBANK Global Money Week 2025 da ishtirok etdi


    Ziffler‘dan katta taqdimot: yangi qiyofa, zamonaviy dizayn va aqlli maishiy texnikalar


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZTELECOM Toshkentdagi IWTC 2025 da faol ishtirok etmoqda


    CHERY bilan o‘z orzungizni amalga oshiring: barcha modellar uchun boshlang‘ich to‘lov pasaytirildi! 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    Parvoz — katta shahar xarakteriga ega qulay biznes-klass turar joy

     

    Tavsiya etamiz

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00

    “Ular o‘z vatani mustaqil bo‘lishi uchun kurashgan edi” — Turkiston legionining ayanchli tarixi

    8 may, 15:09

    Rashidov, gazli ichimliklar zavodi, Qizil maydon. 9-may — Toshkent tarixidan fotolavhalar

    7 may, 14:40

    Mashhur patir, hamma biladigan qabriston, tor ko‘chali mahallalar. Kadrlarda Olmazor

    10 aprel, 10:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dunyodagi eng katta Lego shaharchasi qurildi (foto)

    Dunyo | 11 may, 23:50

    “Putinni payshanba kuni Turkiyada kutaman” — Zelenskiy

    Dunyo | 11 may, 23:25

    Superliga. “So‘g‘diyona” o‘z maydonida “Sho‘rtan” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 may, 22:51

    Qatar Trampga 400 mln dollarlik “uchar saroy” sovg‘a qilmoqchi — OAV

    Dunyo | 11 may, 22:50

    Shveysariyada ayol qo‘shni mushukni boqqani uchun sudlandi

    Dunyo | 11 may, 22:10

    La Liga. “Barselona” — “Real” uchrashuvida “gollar otishmasi” bo‘ldi

    Sport | 11 may, 21:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.