O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 17-dekabr, seshanba kuni Yaponiyaga rasmiy tashrif dasturidagi birinchi manzil — Nagoya shahriga yetib bordi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Ma’lum qilinishicha, Tyubu xalqaro aeroportida Shavkat Mirziyoyevni Yaponiya rasmiy doiralari vakillari kutib oldi.

Yaponiya — O‘zbekistonning strategik sherigi. Bundan 28 yil muqaddam — 1991-yil dekabr oyida Yaponiya O‘zbekiston mustaqilligini birinchilardan bo‘lib tan olgan edi. 1992-yil yanvar oyida mamlakatlar o‘rtasida diplomatik munosabatlar o‘rnatilgan. Shundan buyon do‘stlik va o‘zaro hamkorlik munosabatlari izchil rivojlanib, mustahkamlanib bormoqda, deyiladi xabarda.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Tashrifning asosiy tadbirlari 18-dekabr, chorshanba kuni boshlanadi.

O‘zbekiston Prezidenti Nagoya va Tokio shaharlarida qator ikki tomonlama uchrashuv va tadbirlar o‘tkazadi.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Nagoyada Aichi prefekturasi va shahar meriyasi rahbarlari bilan muzokaralar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, Nagoya universitetiga tashrif buyurish ko‘zda tutilgan.

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Foto: Prezident matbuot xizmati

Shu kuniyoq Yaponiya bosh vazirining o‘rinbosari, moliya vaziri Taro Aso, parlamentdagi “O‘zbekiston—Yaponiya” do‘stlik ligasi faollari hamda Yaponiyaning yetakchi kompaniya va banklari vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.