UzAuto Motors kompaniyasining Xorazm filiali ishlab chiqarish tarmog‘i konveyeridan 200 minginchi avtomobil chiqdi. Yubiley modeli Damas avtomobili bo‘ldi. Bu haqda “O‘zavtosanoat” tomonidan ma’lum qilindi.
Ta’kidlanishicha, UzAuto Motors’ning Xorazmdagi avtomobil zavodiga 2013-yilda asos solingan. 2014-yil 6-yanvarda zavoddan birinchi Damas chiqarilgan. Bugungi kunda korxonada Damas va Labo avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.
Avvalroq UzAuto Motors zavodi tomonidan 2019-yilning yanvar—noyabr oylari davomida jami 253 421 ta yengil avtomobil ishlab chiqarilgani haqida xabar berilgan edi. Shuningdek, UzAuto Motors avtomobillari Saudiya Arabistoniga eksport qilinishi mumkinligi haqida ham ma’lum qilingan edi.
Izoh (0)