• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12305.8
    • RUB152.56
    • EUR14389.17
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +25°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    Reklama

    XDP: Pul huquqdan ustun qo‘yilmasligi shart

    O‘zbek milliy davlatchiligida qadimdan ijtimoiy tenglik, xalqparvarlik tamoyillari ustuvorlik qilgan. Buyuk ajdodimiz sohibqiron Amir Temurning adolat va tenglikka asoslangan davlat boshqaruvi ham buni tasdiqlaydi.

    Mamlakatimizda xalqchillik, insonparvarlik, erkinlik siyosati yuqori bosqichga chiqdi, inson qadr-qimmati ko‘tarilyapti, xalqni qiynayotgan soxta ma’muriy to‘siqlar olib tashlanyapti. Ijtimoiy himoya kuchaytirildi. Mansabdorlar xalq dardini tinglashni o‘rgandi.

    Biroq, afsuski, ijtimoiy tenglikni ta’minlash borasida hali qator muammolar bor.

    Masalan, tugal yechimini topolmay, xalqning haqli e’tiroziga sabab bo‘layotgan Toshkent shahri va viloyatiga propiskaga qo‘yish tartibi bilan bog‘liq huquqiy me’yorlarni takomillashtirishga ehtiyoj juda yuqori. Konstitutsiya yurtimiz fuqarolarining jinsi, irqi, millati, tili, dini, ijtimoiy kelib chiqishidan qat’iy nazar, qonun oldida tengligini kafolatlasa-da, Toshkent shahri va Toshkent viloyatiga doimiy propiskaga qo‘ydirish bo‘yicha cheklovlar saqlanib turibdi. Birlamchi bozordan yangi qurilayotgan uylardan xonadon sotib olish orqali doimiy propiskaga o‘tishga ruxsat berilgani bilan bunday turarjoylar nihoyatda qimmatligi sababli ko‘pchilikning uni xarid qilishga qurbi yetmayapti. Boz ustiga, katta miqdorda davlat boji belgilangan. Mana shu holat ham huquqlar va imkoniyatlar tengligi tamoyilining buzilishiga bir misol hisoblanadi.

    Parlamentimiz haqiqiy demokratiya maktabiga aylanishi, islohotlarning tashabbuskori va asosiy ijrochisi etib belgilanganiga qaramay, yangi qabul qilinayotgan ko‘plab me’yoriy-hujjatlarda ijtimoiy tenglik tamoyili to‘laqonli o‘z ifodasini topmayotganiga asoslar mavjud. Masalan, avtotransport vositalari oynalarining tusini o‘zgartirish (qoraytirish) bilan bog‘liq qonunchilikka kiritilgan o‘zgartishlar o‘zini oqlamaganini davrning o‘zi ko‘rsatdi. Hayotiy zarur sarf-xarajatlarni qoplashga ham yetmaydigan oylik maoshga kun kechiradigan oddiy aholi bu qulaylikdan foydalana olmadi. Bu xalq orasida barcha qulaylik va imtiyozlar faqat aholining davlatmand qatlami uchunmi, degan haqli e’tirozlar paydo bo‘lishiga sabab bo‘lmoqda. Qolaversa, oliy ta’lim muassasalariga kirish test sinovlarida eng kam ball to‘plagan bo‘lsa ham, to‘lov-shartnoma summasining belgilangan yuqori miqdorini to‘lab o‘qishi mumkinligi, poytaxtdagi ayrim nufuzli umumta’lim muassasalariga qabul qilishda pullik xizmat joriy etilishi bilan bog‘liq me’yoriy hujjatlar yangi imkoniyatlardan faqat aholining muayyan qismi foydalanishi uchun imkoniyat yaratmoqda. Bu kabi bahstalab masalalar talaygina.

    Xalq demokratik partiyasi qonun hujjatlarini qabul qilishda aholining barcha qatlami uchun teng imkoniyatlar yaratadigan, ijtimoiy tenglik va adolat tamoyillariga tayanish va aholining barcha, jumladan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlami uchun davlat, jamiyat va sud-huquq sohalarida tenglikni ta’minlash zarur, degan tashabbusni ilgari suryapti.

    Barcha islohotlarning tub mohiyati va maqsadi xalq farovonligini oshirish, aholining turmush sharoitini yaxshilash, qulaylik yaratish, inson haq-huquqlarini, ijtimoiy tenglikni ta’minlashga qaratilishi maqsadga muvofiq.

    Shuni inobatga olgan holda davlat, jamiyat qurilishi va sud-huquq sohasida ijtimoiy tenglik hamda ijtimoiy demokratiyani ta’minlash nihoyatda dolzarb vazifadir. Bu yo‘nalishda quyidagi chora-tadbirlarni hayotga tatbiq etish lozim:

    Birinchidan, mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy hayotining eng muhim jabhalari, aholining hayotiy ehtiyojlariga daxldor bo‘lgan va jamoatchilikda alohida qiziqish uyg‘otadigan masalalar bo‘yicha ijro hokimiyati tomonidan qaror qabul qilishda, parlamentdagi siyosiy partiyalar fraksiyalari hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlaridagi partiya guruhlari bilan majburiy jamoatchilik maslahatlarini o‘tkazish mexanizmini joriy etish zarur. Ayni kunda qaror loyihalari onlayn muhokamaga qo‘yilishi amalda o‘zini oqlamayapti, jamoatchilik ijtimoiy fikrini to‘laqonli ko‘rsatib bera olmayapti. Muhokamalarda bildirilgan o‘rinli fikrlar e’tiborsiz qolmoqda. Ayrim qarorlarning qabul qilinishida xalq davlat hokimiyatining asosiy manbasi ekanligi, uning xohish-irodasi davlat siyosatini belgilab berishi esdan chiqarilmoqda. Oqibatda ijtimoiy tengsizlikka yo‘l ochib beradigan qarorlar muhokamaga qo‘yilmoqda. Partiya taklif etayotgan tizim esa bunday holatlarni bartaraf etishga qaratilgan.

    Ikkinchidan, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini qo‘llab-quvvatlash bilan bog‘liq me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarini jamoatchilik muhokamasi va ekspertizasidan o‘tkazish majburiyligini qonunchilikda mustahkamlash kerak. “Qonun hujjatlarining ta’sirini baholash to‘g‘risida”gi va “Me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalarining jamoatchilik muhokamasi va jamoatchilik ekspertizasi to‘g‘risida”gi qonunlarni qabul qilish hamda “Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida”gi va “Davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari faoliyatining ochiqligi to‘g‘risida”gi qonunlariga o‘zgartirishlar kiritishga zarurat sezilmoqda.

    Xulosa qilib aytganda, qonunchilik adolatli va insonparvar bo‘lmasa, qonun ustuvorligining ahamiyati qolmaydi. Xalq demokratik partiyasi hukumat qarorlari ijtimoiy demokratiya mezonlariga mos holda qabul qilinishi uchun kurashadi. Toki huquq va majburiyat, imkoniyat va imtiyozlar katta-yu kichikka barobar bo‘lsin, kimgadir berilgan huquq boshqanikini toptamasin.

    Biz ijtimoiy demokratiya – huquqlar tengligi va ularni amalga oshirishda imkoniyatlar tengligi tarafdorimiz!

    Saylovlarda Xalq demokratik partiyasi nomzodlariga ovoz bering!

    Boymurod Yusupov, O‘zXDP Markaziy Kengashi bo‘lim mudiri

    Reklama huquqi asosida.

    17.12.2019, 12:00   Izoh (0)   27597
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    MEDIAPARK tarmog‘ida Barakali kunlar davom etmoqda!

    17.12.2019, 10:30

    Sog‘lom erkak – sog‘lom avlod garovi!

    17.12.2019, 09:00

    Tashkent City’da xonadonlar taklifi – tanlovda qanday omillar muhim ahamiyat kasb etadi

    16.12.2019, 18:00

    Mehnat migratsiyasiga oid qonun qabul qilamiz

    16.12.2019, 15:00

    Koreya Respublikasida ta’lim olish endi orzu emas!

    16.12.2019, 12:00

    HP Store – rasmiy ravishda O‘zbekiston bozorida

    16.12.2019, 10:30
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Universalbank o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolar uchun yangi “Mikrokredit 300 ”ni ishga tushirdi 


    Smart Business O‘zbekistonda UZCARD va Humo kartalarini qabul qilish uchun yagona yechimni taqdim etadi 


    Kredit olish kerakmi: moliyaviy yordam yoki qarz tuzog‘i?


    Mobiuz Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida 5G ning yangi imkoniyatlarini ochmoqda


    UZTELECOM simli internetni modernizatsiya qilmoqda: abonentlar GPON va FTTx orqali 100 Mbit/s dan yuqori tezlikka ega bo‘ladilar


    Pepsi Taste Challenge 2025: Pepsi yana oldinda — O‘zbekistonda 59,28% ovozga sazovor bo‘ldi 


    BI Group O‘zbekistonda turar joy binosining zilzilabardoshligini ochiq sinovdan muvaffaqiyatli o‘tkazdi


    “Trastbank” kichik biznesni rivojlantirish uchun 1 mlrd so‘mgacha kredit taklif etadi


    Accor Toshkentda Swissôtel Tashkent ochilishini nishonlamoqda, shveysariya uslubidagi hashshamatni O‘zbekiston poytaxtiga olib kelmoqda


    Beeline Uzbekistan Farg‘ona vodiysidagi yuzlab aholi punktlarini yuqori tezlikdagi aloqa bilan ta’minladi


    Soy Bo‘yi: Orzular ro‘yobga chiqadigan sohil bo‘yidagi uy 


    Imzo Glass mahsulotlari Buyuk Britaniyaga eksportga yuborildi


    HAVAL O‘zbekistonda yangi modellarni namoyish etdi: HAVAL H6 Facelift va HAVAL H9 taqdimot kechasi


    “Biznesni rivojlantirish banki” 1 trln 273 mlrd so‘mlik ipoteka krediti ajratdi


    Kelajak – bugungi qilgan harakatingiz samarasidir. O‘zingizga ishonch esa har qanday yutug‘ingizning boshlanishi 

     

    Tavsiya etamiz

    O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston va Tojikistondagi xususiy maktablarda o‘qish narxi qancha?

    25 avgust, 18:35

    Yahudiylarning “Tarixiy vatan” va “Buyuk Isroil” haqidagi puch da’volari: Falastin aslida kimga tegishli?

    23 avgust, 13:22

    “Rusning sharmandali blitskrigi”. Urush taqdirini belgilab bergan Kiyev jangi qanday yakunlangan edi?

    22 avgust, 20:08

    Islom Karimovning sobiq matbuot kotibi “Otamdan qolgan dalalar” filmi taqiqlanish sababini oshkor qildi

    21 avgust, 11:58
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Qirg‘izistonda bo‘lgan zilzila kuchi O‘zbekistonda sezildi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 23:48

    Olimlar paratsetamolning kutilmagan xavfi haqida ogohlantirdi

    Dunyo | 25 avgust, 23:40

    Rossiyada migrantlar imtihoniga ayollar bilan muloqot qilish qoidalarini kiritish taklif etildi

    Dunyo | 25 avgust, 23:25

    Polsha prezidenti ukrainalik qochqinlarni qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risidagi qonunga veto qo‘ydi

    Dunyo | 25 avgust, 23:15

    Britaniyada vertolyot qulashi natijasida uch kishi halok bo‘ldi

    Dunyo | 25 avgust, 23:05

    “AQSH Ukrainaga pul bermaydi”. Tramp urush haqida yangi bayonotlar bilan chiqdi

    Dunyo | 25 avgust, 22:57

    Iordaniya podshohi Samarqanddagi “Boqiy shahar” majmuasida bo‘ldi

    O‘zbekiston | 25 avgust, 22:41
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.