Toshkent shahrida bojxona xodimlari tomonidan standartga javob bermaydigan 5600 ta elektron tarozi ushlab qolindi. Bu haqda davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati “Daryo”ga xabar berdi.
Davlat bojxona qo‘mitasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari xorijdan poytaxtda faoliyat olib borayotgan mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga kelgan tarozilar Sergeli tashqi iqtisodiy faoliyat bojxona postida belgilangan tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi.
Natijada umumiy qiymati 560 million so‘mlik 5600 dona elektron tarozi tovarlarining TIF TN kodlari noto‘g‘ri ko‘rsatilganligi hamda mazkur tovarlar “O‘zbekiston milliy metrologiya instituti” davlat korxonasining xatiga asosan davlat standartlariga javob bermasligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)