Davlat bojxona qo‘mitasi kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish boshqarmasi xodimlari xorijiy davlatdan O‘zbekistonga noqonuniy ravishda olib kirishga urinilgan velosipedlar partiyasini to‘xtatib qoldi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi “Daryo”ga ma’lum qildi.
O‘zbekistondagi mas’uliyati cheklangan jamiyatlardan birining nomiga yuborilgan velosiped ehtiyot qismlari “Marg‘ilon” TIF postida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilgan.
Natijada yuklar orasida hujjatlarda ko‘rsatilmagan umumiy qiymati 151 million so‘mlik velosiped va uning ehtiyot qismlari borligi aniqlangan.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.
Izoh (0)