• Profilga Kirish
  • 1744009905_435.svg 1744009905_642.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12935.27
    • RUB160.47
    • EUR14367.2
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +27°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Saylov: bizning fikrimiz kimga qiziq?

    Bloger Shahnoza Soatova saylovlar oldidan jamoatchilik fikrini o‘rganish qanchalik muhim ekanligi haqida mulohaza yuritdi. Blogerning fikrlari quyida to‘liqligicha e’tiboringizga havola etiladi.

    Foto: Google Images

    Foto: Google Images

    Bugun saylov o‘tkazilsa, qaysi partiya g‘olib bo‘lar edi? U yoki bu partiyaning reytingi qanday (bormi o‘zi)? Bu reytingga nima ta’sir qiladi? Partiyalar o‘zlari va raqiblari haqida jamoatchilik fikrini biladilarmi? Umuman, ular saylovoldi kampaniyasini nimaga asoslanib va kim uchun olib boradilar?

    Bu savollarning bari demokratiyaning muhim instrumentlaridan bo‘lgan jamoatchilik fikri va uni o‘rganish masalasiga borib taqaladi.

    Jamoatchilik fikrini o‘rganish nima uchun kerak?

    Mashhur sotsiolog Jorj Gallap jamoatchilik fikrini o‘rganish “demokratiyani haqqoniy va ishonarli” qiladi, ya’ni asoslaydi degan edi. Shuningdek, u jamiyatning kayfiyati va qarorlariga bevosita ta’sir ko‘rsatadigan vositadir.

    Esingizda bo‘lsa, “Insider.uz” kanalining bosh vazirlikka nomzodlardan qaysi biri yaxshi degan mazmundagi so‘rovnomasi ancha shov-shuv sabab bo‘lgan edi.

    Foto: “Insider.uz”

    Foto: “Insider.uz”

    Shundan so‘ng Adliya vazirligi maxsus bayonot bilan chiqib, bosh vazirni tayinlash protseduralarini ham eslatdi va bunday noprofessional so‘rovnomalar o‘tkazmaslikka chaqirdi.

    Bundan tashqari, mashhur blogerlarning kanallarida saylovga doir bir nechta so‘rovnomalarga ko‘zim tushdi. O‘zim ham “Saylovda qatnashasizmi?” deb o‘quvchilarimdan so‘radim. Albatta, bunday virtual so‘rovnomalarda ko‘p odam ishtirok etadi (masalan, “Insider.uz”ning so‘rovnomasini 143 ming odam ko‘rgan, 33 mingdan ortiq odam ovoz bergan).

    Biroq Telegram’da so‘rovnomalar bilan qilinadigan spekulyatsiyalar ko‘pligi uchun ularning natijalarini jamoatchilik fikrining ko‘zgusi deb ishonib bo‘lmaydi.

    Ko‘chaga mikrofon ko‘tarib chiqib yarim soatda 20 ta o‘tkinchidan so‘raladigan savollar esa umuman muhokamamiz mavzusi bo‘la olmaydi.

    Noprofessional so‘rovnomalar odamlarni chalg‘itadi, noto‘g‘ri fikr paydo qiladi va restruktiv xarakterga ega bo‘ladi. Bu rost.

    Ammo O‘zbekistonda professional so‘rovnomalar o‘tkaziladimi?

    Kunda kunora blogerlarning Telegram poll tashkil qilishidan (hatto shu orqali mushtariy ko‘paytirishga ruju qo‘yganidan) ko‘rinib turibdiki, jamoatchilikning o‘zi o‘zining fikrini bilishga ishtiyoqmand. Shunday vaziyatda nega jamoatchilik fikrini o‘rganish juda sust va xira olib borilyapti?

    Hatto butun boshli Saylov kodeksida ham saylovoldi jarayonlarida jamoatchilik fikrini o‘rganish masalasi tilga olinmagan ekan. Savol: nega bu soha e’tiborsiz qolib ketyapti?

    Demokratik davlatlarda hukumat jamoatchilik fikri bilan hisoblashadi, uni o‘rganib, birinchidan, o‘z xatti-harakatlarini tahrirlaydi, ikkinchidan, jamoatchilik fikriga ta’sir o‘tkazishga harakat qiladi.

    Jamoatchilik fikrini muntazam o‘rganib borish hokimiyatning o‘z xalqi fikrini e’tiborga olishi, hurmat qilishi va u bilan hisoblashishi belgisidir.

    Har qanday jamiyat, agar u yakka hokimlik emas, xalq hokimiyati asosida mavjud bo‘lsa yoki mavjud bo‘lishni istasa, jamoatchilik fikrini professional va ilmiy asoslangan tarzda muntazam o‘rganib borishi va o‘rganish natijalarini iloji boricha baland ovozda jar solishi kerak. Demokratiya shaffofligi aslida shu bo‘ladi. Saylovoldi jarayonlarida bu juda muhim.

    Jamoatchilik fikriga hurmat va e’tibor shumi?

    Oldimizda bir katta umumso‘rov turibdi – saylovlar! Biz unda o‘z qarorimizni beramiz, bir nimalarni hal qilamiz. Har holda shunga qaysidir ma’noda ishonamiz. Ammo biz shu qarorga qanday keldik? O‘zimiz ongli ravishda keldikmi? Umuman, qaror berdikmi yo bermadikmi?

    Ushbu muhim savollarga javobni jamoatchilik fikrini o‘rganish orqali bilishimiz mumkin edi.

    Afsuski, mana saylovlarga bir necha kun qolgada ham qo‘limizda u yoki bu bloger tomonidan Telegram kanallarida o‘tkazilgan, ilmiy asoslanmagan, xulosalanmagan “hashaki so‘rovnoma” natijalari bor, xolos.

    E uzr, unday emas ekan.

    “Ijtimoiy fikr” jamoatchilik fikini o‘rganish markazi 6 bosqichlik saylovoldi so‘rovnomasini o‘tkazibdi .

    Sentabrdan dekabrgacha bo‘lgan muddatda 864 ta odam (!) ishtirokida telefon orqali (!!) o‘rkazilgan ushbu so‘rovnoma haqida siz bilarmidingiz? Men bilmasdim, masalan.

    Shu maqolani yozish uchun izlanganimda so‘rovnoma natijalari o‘zbek tilida “Ijtimoiy fikr” va XDP saytlarida ko‘rindi, xolos (rus tilida ko‘proq, bu ham ayrim xulosalarga yetaklaydi!). Bu ataylab qilinganmi yo bexosdan shunaqa bo‘pqoldimi?

    Aslida, jamoatchilik fikrini to‘g‘ri o‘rganib, natijalari e’lon qilib borilsa, bu saylov targ‘iboti uchun juda yaxshi ish bo‘lardi. Asosiysi, odamlar ularning fikri bilan qiziqishayotganini bilishardi, siyosiy jarayonlarga o‘zlarining daxldorligini his etardi, saylovda fuqarolarning faolligi oshardi. Negadir bu ish qilinmadi? O‘tkazilgan zaifgina so‘rovnomalar natijalari ham piar qilinmadi. Nega?

    Partiyalarga ishonch darajasi qanday?

    Mayli, qo‘limizda bor natijalar orqali xulosa qilishga urinib ko‘ramiz. O‘sha “Ijtimoiy fikr”ning piar qilinmagan so‘rovnomasida nima haqida gap boradi va u qanday xulosalarga yetaklaydi?

    E’tirof etish kerak, “Ijtimoiy fikr” so‘rovnomasiga saylov oldidan o‘tkazilgan nisbatan ishonchli (ilmiy asoslanganligi, tajribali mutaxassislar tomonidan o‘tkazilganligi tufayli) manba sifatida qarash mumkin. Natijalar juda qiziq xulosalarga olib bormoqda.

    So‘rovnomada respondentlarga 4 ta muhim savol berilgan: 1) saylov jarayonini kuzatib boryapsizmi?; 2) saylov haqida qaysi axborot manbayidan ma’lumot olasiz?; 3) saylovlarda shaxsan o‘zingiz ishtirok etasizmi?; 4) agar saylov ertaga bo‘lsa, qaysi siyosiy partiyaga ovoz berasiz?

    Shu savollar ma’lum vaqt oralig‘ida takror-takror, jami 6-marta respondentlarga berib borilgan. Saylovlarga bir necha kun qolgani uchun meni asosan 3 va 4-savollar qiziqtirdi.

    Saylovlarda ishtirok etish masalasida so‘nggi uch bosqich natijalarini ko‘rsak, odamlarning fikri progressiv, ya’ni o‘sib borgan. Boshida ishitirok etmayman deganlar ko‘p bo‘lsa, oxirgi bosqichga kelib ishtirok etaman deganlar soni ortgan.

    Foto: Telegram / Bloger Shahnoza

    Foto: Telegram / Bloger Shahnoza

    Partiyalar reytingida esa sezilarli o‘zgarish yo‘q, birinchi o‘rinda doim XDP, ikkinchi o‘rinda O‘zLiDep va hokazo. Ammo oxirgi bosqichga qarab hamma partiyalarning reytingi tushib, “hali hal qilmadim” degan javob varianti ko‘rsatkichi ortib borgan.

    Foto: Telegram / Bloger Shahnoza

    Foto: Telegram / Bloger Shahnoza

    Partiyalarning debatlardagi va turli chiqishlardagi qovun tushirishlari bunga sababmi yo boshqa narsami, bilmadim. Ammo natijalardan ko‘rinib turibdiki, partiyalarimiz siyosat o‘yinini o‘ynashni bilishmaydi, siyosatchilik qila olishmaydi, og‘izlarini ochishlari bilan obro‘lari tushib boryapti.

    Bu bizdagi siyosiy jarayonlarning endigina tetapoya bo‘layotgan holati. Mana jamoatchilik fikrini o‘rganish nima uchun kerak.

    Saylovda qatnashish nima uchun muhim?

    Shu o‘rinda “saylovga qatnashasizmi” degan savolga o‘z javobimni berib o‘tsam. Men propiskam bo‘yicha shaharning bir chekkasida, real yashash joyim boshqa chekkada bo‘lsa ham saylovga boraman. Chunki hozir eng yomoni va bizdan ayrimlar eng ko‘p kutayotgani ham shu – befarqligimiz.

    Internetda bo‘sh qolgan saylov byulletenlarini saylov uchastkasidagilar dastalab qutilarga tashlab qo‘yishayotgani, natijalarni soxtalashtirishda aynan saylovga kelmaganlarning ovozlaridan foydalanayotganliklarini ko‘rgan bo‘lsangiz kerak (albatta, boshqa davlatlarda). Saylovga shaxsan qatnashish bizning demokratiyaga qo‘shgan hissamiz bo‘ladi, chunki bu saylovda ayrimlar amalga oshirmoqchi bo‘lgan kulrang sxemalarni buzish deganidir.

    Saylovga boringlar, o‘zingizga ma’qul, ishongan odamlarga ovoz beringlar, chunki aynan shular ertaga narxlar oshishish, budjet tasdiqlanishi, kasalxona yo maktab qurilishi yoki lobbistlarga imtiyoz berilishi haqidagi qonunlarga ovoz beradi. Siz bilan bizning ixtiyorimiz yo ixtiyorsizligimizni shu deputatlar ifodalaydi. Siz davlatga emas, davlat sizga xizmat qilishini istasangiz, siyosatga befarq bo‘lmang.

    Saylov kodeksiga ko‘ra saylovga 1 kun qolganda jamoatchilik fikrini o‘rganish natijalarini e’lon qilish mumkin emas. Demak, ushbu maqola bu masaladagi birinchi va balki oxirgi obzorlardan biri bo‘lar. Lekin bunday tadqiqotlar va xulosalar ko‘p bo‘lishi kerak. Chunki jamoatchilik fikriga quloq tutilmas ekan, g‘aflatda qolamiz. G‘aflat – eng yomon dushman.

    16.12.2019, 11:09   Izoh (0)   15332
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Senatorlar “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi yangi qonunni ma’qulladi

    16.12.2019, 10:39

    AQShda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar Orlando shahrida muddatidan oldin ovoz berdi

    16.12.2019, 10:25

    Qozog‘istonda Rossiyadan qaytayotgan o‘zbekistonliklar ishtirokida YTH sodir bo‘ldi. Halok bo‘lganlar bor

    16.12.2019, 09:56

    Kusherbayev prokuraturadan Shuhrat G‘aniyev bilan bog‘liq voqeaga huquqiy baho berishni so‘radi

    16.12.2019, 09:41

    Qashqadaryolik fuqaroni internetda obro‘sizlantirish bilan qo‘rqitgan soxta bloger 500 AQSh dollari bilan qo‘lga olindi

    16.12.2019, 09:26

    “Adolat” SDP deputatlikka nomzodlarning plakatlaridagi texnik xatoliklar bo‘yicha bayonot berdi

    16.12.2019, 09:09
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    MAGIC SAFARI — Markaziy Osiyodagi birinchi tematik safari-park 15-may kuni o‘z eshiklarini ochadi!


    Coca-Cola 139 yillik ilhom, ajoyib kashfiyotlar, mashhur kampaniyalar va butun dunyo sevib qolgan ta’mni taqdim etmoqda 


    UZCARD SHERDOR premium kartasi endi MKBANKda mavjud


    BI Group Toshkent BI Botanika Saroyi turar-joy majmuasini belgilangan muddatdan oldin foydalanishga topshirdi va sifat hamda muddatga sodiqligini tasdiqladi


    GWM Auto Shanghai 2025 da o‘zining global strategiyasini taqdim etdi: O‘zbekiston asosiy hamkorlar qatorida 


    O‘zbekiston Milliy banki “Oltin omonat”ni ishga tushirmoqda


    Moliyaviy firibgarlik: murakkab sxemalar bo‘yicha sodda tushunchalar 


    Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda


    O‘zbekistonda token chiqarish bo‘yicha pilot loyihani amalga oshirish rejalashtirilgan


    Toshkent mineral suvi: Iskandar Zulqarnayndan hozirgi kungacha


    OSTIM Global: 100 gektarlik zamonaviy sanoat hududi


    Silk Avia Shahrisabzga ko‘proq parvoz qiladi


    “Otang bozor, onang bozor”, qurilish do‘koni ochmoqchi bo‘lsang, Tashkent INDEX’ga bor


    “Trastbank”dan kichik biznes egalari uchun 500 mln so‘mgacha kredit!


    Digital Uzbekistan Toshkentda 28-may kuni o'z ishini boshlaydi! Bozorni o‘zgartirib yuboruvchi PLAS-Forum 

     

    Tavsiya etamiz

    “Yovuzlik imperiyasi zaminimizga hech qachon qaytmasligi uchun” — jamoatchilik o‘roq-bolg‘ali qizil bayroq va qora-olovrang lentani taqiqlashni so‘ramoqda

    13 may, 22:22

    Ular doim dunyoda eng yaxshilaridan bo‘lgan — pokistonlik harbiy uchuvchilar haqida

    12 may, 21:30

    Si va Putin tandemi: Rossiya va Xitoyning “chegarasiz do‘stligi” Markaziy Osiyodagi muvozanatga qanday ta’sir qiladi?

    12 may, 19:00

    “AQSH yordam bermaganida, g‘alabaga erisha olmasdik” — Ikkinchi jahon urushida SSSR yutug‘ini ta’minlagan yashirin haqiqatlar

    10 may, 15:00
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Fransiyada hayvonot bog‘ida chaqmoq urishi oqibatida 13 kishi jarohat oldi

    Dunyo | 14 may, 23:55

    “Rossiya-Ukraina mojarosining yakuni butun Yevropa taqdirini hal qiladi” — Fridrix Merts

    Dunyo | 14 may, 23:40

    Robert De Niro “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritdi va Donald Trampni tanqid qildi

    Kino | 14 may, 23:25

    Turkiya hukumati Tramp tashrifini 15-mayda emas, balki yaqin kunlarda kutmoqda — OAV

    Dunyo | 14 may, 23:16

    “Daryo” dayjesti: 14-mayning eng muhim xabarlari

    O‘zbekiston | 14 may, 22:50

    Vaqt sinovidan o‘tgan: bosh rollarni qayta-qayta ishonib topshiriladigan 5 ta kino juftlik

    Layfstayl | 14 may, 22:30
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.