• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12658.19
    • RUB161.44
    • EUR14672.11
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +43°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Senator Gavhar Alimova: Tungi barlarda yurgan qizlar bizni qiynamoqda

    O‘zA muxbirining Samarqand viloyat hokimi o‘rinbosari, xotin-qizlar qo‘mitasi raisi, senator Gavhar Alimova bilan suhbati xotin-qizlarning manfaatlarini himoya qilish, oiladagi o‘rnini mustahkamlash borasidagi yutuqlar va kamchiliklar mavzusida bo‘ldi.

    Foto: O‘zA

    Foto: O‘zA

    — Bosh qomusimizda erkak va ayol teng huquqli deyilgan bo‘lsa-da, nega ular teng emas? Biz doim ayollar bilan ishlaymiz, lekin nega erkaklar bilan hech bir tashkilot shug‘ullanmaydi? Bunda “Nuroniy”, mahalla posbonlarining o‘rni qani? , — deydi senator G.Alimova. — Misol uchun, yaqinda Payariqda erkak ayolini qasddan o‘ldirdi. Men o‘sha ayol bilan suhbat qurgan edim. Qo‘limda u ayol bilan qilingan suhbatlar va tushuntirishlar jamlangan katta papka bor. Erkak bilan esa hech kim suhbatlashgani, gaplashgani yo‘q. Oqibatda fojia yuz berdi.

    Oldin muammolarni yashirardik, endi ularni ochiqcha aytyapmiz. Shu maqsadda har bir hududda 30 nafardan iborat jamoatchilik guruhi faoliyat yuritib, muammolar aniqlanmoqda. Xususan, yil davomida to‘rt ming nafar og‘ir ahvoldagi ayollar ro‘yxati shakllantirilib, 80 foiziga yordam berildi. Imtiyozli kreditlar, imkoniyati cheklangan fuqarolarga aravachalar, qo‘ltiqtayoq olib beryapmiz.

    — Ko‘pgina xotin-qizlar uchinchi shaxsning aralashuvi tufayli taqdiri o‘zgarib, baxtsiz bo‘layotganini kuzatish mumkin.

    — Ming afsuski, oilada uchrayotgan zo‘ravonliklarda uchinchi shaxs, ayniqsa, qaynonalarning aralashuvi uchraydi. Lekin, ba’zida shunga majbur ham bo‘ladi. Kelinning qo‘lidan ish kelmaydi, tili esa juda uzun. Bunday paytda erkak g‘azablanib, mas’uliyatsizlik bilan farzandlari onasiga zo‘ravonlik qilishi bor narsa.

    Bunday vaqtda ko‘p hollarda ayollar jabrlanadi. Sababi, sha’riy nikoh bilan oila qurilgan. Ta’ziq bo‘lganda, ajrim holati yuzaga kelganda ayol hech qanday himoyasiz, uysiz, ko‘chada qoladi. Har bir ayol o‘zining huquqlarini himoya qilishi uchun avvalo huquqiy savodxonligini oshirishi kerak. Ba’zi ota-onalar er chiqdi, berib yuborsam, hayoti davom etadi, deb adashadi. Qonuniy nikoh asosida, munosib turmush quradigan yigitga berish xayoliga ham kelmaydi.

    — Qonuniy nikohdan o‘tmaslik, tug‘iladigan farzandning taqdiriga qanday ta’sir qiladi?

    — 2018—2019-yillarda viloyatda 5 mingdan ortiq sha’riy nikoh bilan yashayotgan oila aniqlandi. Hozirda ularning 4 mingtasi FXDYodan o‘tkazildi. 300 yaqin fuqaro qonuniy nikohdan ajrashmagan bo‘lsa-da, boshqa oila qurgan.

    Bunda ular tibbiy ko‘rikdan ham o‘tmay oila qurgan. O‘ylab ko‘ring, yigit yoki qiz har xil, jumladan, yuqumli kasalga chalingan bo‘lishi ham mumkin. Yaqinda bir ayol yig‘lab keldi, sha’riy nikoh bilan turmushga chiqib, eridan sil yuqtirgan. Yana bir ayolni o‘rgandim. Turmush qurgach, olti oydan keyin sog‘lig‘i yomonlashgan, homilador bo‘lsam kerak degan fikrda shifokorga borsa, SPID aniqlangan.

    — Qaysi hududlarda xotin-qizlar bilan bog‘liq zo‘ravonlik holatlari, kam ta’minlanganlik, ishsizlik ko‘p uchraydi?

    — Oqdaryoda tungi barlarda yurgan qizlar bizni qiynamoqda. Bunda asosiy muammo onada. Kechasi qizi chiqib ketsa, ona qanday qilib bilmasligi mumkin. Yaqinda 16 yosh qizning homiladorligi aniqlandi. U 15 yoshda shu yo‘lga kirgan, ona bilmadim, deydi yelka qisib. Bu javobmi? Nima uchun qizining tarbiyasi bilan shug‘ullanib, dildan suhbatlashmaydi. Nega ota o‘g‘lining yurish-turishini nazorat qilmaydi, o‘tirib gaplashmaydi. Qani oilada otaning o‘rni?

    To‘g‘ri, maktab-chi, deymiz, u ta’limga javob beradi. Mahalla deymiz, qaraydi qiz ko‘chada tinch yuribdi. Hamma narsa oilada, uyda yuz bermoqda. Misol uchun, kuni kecha 17 yosh qiz uydan chiqib ketgan. Onasi telefon qilib “Iltimos, shu qizimni qamatib yuboring”, deydi. Yosh qiz icharkan, chekarkan, uydan chiqib ketib, bir hafta, o‘n kun yo‘q bo‘lib ketarmish. Harakat qilib, bir kunda topdik. Shaharga olib kelib, psixolog biriktirdik. Bitta darsdan keyin qochib ketdi. Psixolog haftasiga uch marta qatnab, qizni uyiga borib dars o‘tmoqda. Tarbiya oilada bo‘lmagandan keyin qiyin ekan.

    Pasdarg‘om, Urgut tumanlarida ham qator masalalar mavjud. Bu hududlarda aholi zich joylashgan, kam ta’minlanganlar ham nisbatan ko‘proq. Urgutdagi eng katta muammo — qizlarning erta turmushga berilishi. Ayol faqat bola katta qiladi, ro‘zg‘or qiladi, degan tushunchalar davri o‘tdi. Qizlarga zamonaviy bilim berish, o‘qitish, kerak bo‘lsa, kuchli tadbirkor va siyosatchi qilib tayyorlashimiz kerak.

    — Keyingi vaqtlarda mahallalarda, tuman, viloyat kesimida tadbirbozliklar avj olgan? Qachon ishlab bo‘ladi bunday holatda?

    — Shuning uchun mahallada hisobot uchun o‘tayotgan tadbirlarga chek qo‘yib, mutaxassislarni jalb qilib, joylarda manzilli, aniq targ‘ibot o‘tkazishimiz kerak. To‘g‘ri, biz aholining huquqiy savodxonligini oshirish, bilimlarini boyitishga harakat qilamiz. Buning uchun tadbirlarni ko‘paytirish hamda ularni yuzaki o‘tkazmaslik kerak. Eng yomoni nima, bilasizmi? Bunday yig‘ilishlarga mas’uliyatli odamlar keladi. Ichkilikka berilgan erkak yoki ta’ziqqa uchrayotgan ayollar kelmaydi. Muammosini yashiradi. Endi yashirish vaqti o‘tib ketdi. Mahallaga chiqib murojaat qilishi kerak.

    Hozirda bandlik masalasi Urugutda ko‘rilmoqda. Trikotaj ishlab chiqarishga mo‘ljallangan inshootlar Payariqda qurildi. Eng og‘ir tumanlar — Qo‘shrabot, Oqdaryo, Ishtixonda katta tikuv sexlari ishga tushirildi. Bu kabi ishlab chiqarish korxonalari yanada ko‘paysa, muammolarni yechish ham osonlashadi. Bu borada xalqaro tashkilotlar bilan ham keng hamkorlik qilinmoqda. Misol uchun, Yevropa Ittifoqi, Fransiyaning ACTED gumanitar yordam tashkiloti ko‘magida chekka qishloqlardagi qiynalgan xotin-qizlarga qaytarilmaydigan kredit berish yo‘lga qo‘yildi. Bu pullar ularga qoramol, tikuv mashinasi, sartaroshxona uchun jihozlar, asalari uyalari, issiqxona tashkil qilishiga bemalol yetdi.

    13.12.2019, 22:29   Izoh (0)   27937
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Toshkentda Yangi yil bayrami munosabati bilan 91 va 115-yo‘nalishdagi avtobuslar harakati yo‘nalishida o‘zgarish bo‘ladi

    13.12.2019, 22:13

    Qozoq davlat yuridik universiteti o‘zbekistonlik maktab bitiruvchilariga grantlar ajratdi

    13.12.2019, 21:57

    Ko‘zi ojizlar jamiyatiga tegishli “Shohimardon” dam olish maskani “o‘z egasini topa olmayapti”

    13.12.2019, 21:43

    Samarqandda 25 yoshli yigit uxlab yotgan joyida chavaqlab ketildi

    13.12.2019, 21:12

    Shavkat Mirziyoyev YXHT DIIHB Saylovlarni kuzatish missiyasi rahbarini qabul qildi

    13.12.2019, 20:56

    Ekopartiya vakili Rossiya daryolarining bir qismini Orolga quyishni taklif qildi

    13.12.2019, 20:41
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    Katta o‘zgarishlar kichik qadamlar bilan boshlanadi


    SQB dan “TEZKOR+” krediti —  biznesingizni rivojlantirish uchun qulay yechim 


    Osteosarkoma: tashxislash, davolash va fanlararo yondashuv


    Mobiuz — 8 milliondan ortiq abonentlar tanlovi 


    Sun’iy intellekt bo‘yicha ikki diplomli ta’lim — UMFT & FAR EAST University hamkorligida


    President Tech Award tanlovida ishtirok etish uchun arizalar qabuli uzaytirildi 


    “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” ISO 9001 va ISO 37001 xalqaro sertifikatlarini qo‘lga kiritdi 


    Qulay shartlar bilan yangi ipoteka mahsuloti va xonadon yutib olish imkoniyati


    Kia Sonet va ADM Global: O‘zbekiston avtomobil klasterini mahalliylashtirilishiga qariyb 260 mln AQSH dollari miqdorida sarmoya


    “InfinBANK” AJ Toshkentda yangi Bank xizmatlari markazini ochdi  


    GETWORK — Yevropada ishlash orzusini amalga oshiradigan ishonchli agentlik


    Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan yirik ko‘chmas mulk auksionga qo‘yildi


    Mikrokreditbankda omonat karta joriy qilindi


    Navoiy innovatsiyalar universiteti 2 milliard so‘mlik grant dasturini e’lon qildi 


    Ipoteka Bank OTP Group: “Quyosh” — parkentliklar uchun yangi mahalla markazi ishga tushirildi

     

    Tavsiya etamiz

    Kobulda transafg‘on temiryo‘li bo‘yicha uch tomonlama bitim imzolandi

    18 iyul, 09:12

    Toshkentda kichik halqa avtomobil yo‘lining bir qismi 4 kunga yopiladi

    18 iyul, 08:47

    O‘rtoqlik uchrashuvi. “Bashakshehir” Germaniya klubidan ustun keldi. Shomurodovdan assist (video)

    17 iyul, 23:16

    Matriarxat davri qaytadimi: nima uchun qiz farzand tarbiyalash trendga aylanmoqda?

    14 iyul, 13:07
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Suriya hukumati Suvayda shahrida tartib o‘rnatilganini, badaviy qabilalar ortga chekinganini ma’lum qildi

    Dunyo | 20 iyul, 16:50

    O‘zbekistonda gepatitni aniqlash maqsadida skriningdan o‘tkazilganlar soni ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 16:20

    Isroil gumanitar yordam olish uchun ketayotgan 36 nafar g‘azolikni o‘ldirdi

    Dunyo | 20 iyul, 15:47

    “Barselona” Markus Reshford borasida “Manchester Yunayted” bilan kelishuvga erishdi

    Sport | 20 iyul, 14:35

    Vengriya rahbari Yevropa Ittifoqining Ukraina uchun 100 mlrd yevrolik byudjetini bloklash bilan tahdid qildi

    Dunyo | 20 iyul, 14:10

    O‘zbekistonda tazyiq va zo‘ravonlik sodir etganlar psixokorreksiyadan o‘tkaziladi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 13:40

    “Bosqinni hech qachon tan olmang”. Ozarbayjon prezidenti Ukraina yaxlitligini tiklash bo‘yicha tavsiyalar berdi

    Dunyo | 20 iyul, 13:10

    Ukraina Avstraliyadan Abrams tanklarining dastlabki partiyasini oldi

    Dunyo | 20 iyul, 12:40

    O‘zbekistonda hafta boshida havo harorati qanchaga ko‘tarilishi ma’lum qilindi

    O‘zbekiston | 20 iyul, 12:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.